Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
181
To‘rtinchi haq ulki, suxanchin (chaqimchi, so‘z tashuvchilar) so‘zini musulmonning 
haqida bovar qilmagay (ishonmagay). Rostgo‘ylar so‘zig‘a e’timod qilg‘ay. Suxanchin 
fosiqdur. Xabarda kelibdurki, hech bir suxanchin (gap tashuvchi) jannatg‘a kirmagay. 
Bilgilki, kishi yana birovni sani qoshingda yomon desa, albatta seni ham yana birovning 
qoshida yomon der. Bu nav’i kishidan yiroq bo‘lg‘il va bunday insonlarni duro‘g‘go‘y 
(yolg‘onchi) deb bilgil. 
Beshinchi haq ulki, har doim fikri-zikri va amali musulmonlarga savobli ishni qilishdan 
iborat bo‘lsin. Musulmonlarning yaxshirog‘i ulki, salomni hammadan ilgari bergay. 
Oltinchi haq ulki, musulmonlarg‘a yaxshiliq qilg‘ay, yaxshi va yomon orasida farq qilmag‘ay. 
Xabarda kelibdurki, qo‘lingdan kelsa har kishig‘a yaxshiliq qil. Agarchi loyiq bo‘lmasa ham. 
Xabarda kelibdurki, iymonlik kishining aslyx^amma xalqga do‘stliq qilg‘ay. Abu Hurayra r.a. 
aytur: «Kishi hazrati rasul alayhissalomga arz qilmoq uchun ko‘rishib, muborak qo‘llarini tutsa, 
ul janob hargiz qo‘llarini tortib olmas edilar, toki ul kishi qo‘llarini qo‘yib yubormaguncha va 
har kishi on hazrat alayhissalomning jamoli jahonorolarig‘a boqsa, yuzlarini yana bir boshqa 
tarafg‘a qaratmas edilar, toki ul kishining so‘zi tamom bo‘lmaguncha. harchand uzoq turib 
gaplashsa ham sabr qilur edilar. (Ana xulq, ana odob. Alloh taolo shunday husni xulqni 
barchamizga nasibu ro‘zi qilsin). 
Yettinchi haq ulki, pirlarg‘a (yoshi ulug‘larga) hurmat va kichiklarga marhamat qilg‘ay. 
Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishiki, yoshi kattalarg‘a hurmat va kichiklarg‘a marhamat 
qilmasa mening ummatimdin emasdur». Va yana aytibdurlar: «Bularni ulug‘lagan va 
hurmatlagan go‘yoki Haq taoloni ulug‘lagan bo‘lur». (Ota-onasini va yoshi ulug‘larni 
hurmat qilgan yoshlar bir kun kelib o‘zlari ham qariganlarida farzandlaridan shu qilgan 
yaxshiliklarini ko‘rurlar). 
Bas, hadisda ishoradur. Kishikim yigitlikda yoshi ulug‘larning hurmatini saqlasa, 
uzun umr ko‘rib ani mukofotini ko‘rar. 
Vaqtiki, on hazrat alayhissalom (ot minib) kelsalar, kichik bolalar u kishining oldilarig‘a 
yugurib kelishur edilar. Ba’zisini otni oldig‘a va ba’zisini orqalarig‘a mindurur edilar. 
Go‘daklar bir-birig‘a fahoi nozish qilib aytushur edilarki, mani oldilarig‘a, sani 
orqalarig‘a mindurdilar va ba’zi vaqtda kichik bolalarga ism qo‘ydirmoq va yo duo 
olib bermoq uchun rasul alayhissalomning huzurlarig‘a keltirur edilar. Muborak 
quchoqlarig‘a olib, navozish qilur (erkalatar va boshini silar) edilar. Bavl qilsa (siyib 
qo‘ysa) ota-onasi xijil bo‘lib, bolani olmoqg‘a qasd qilur edilar. Aytur edilarki, «To‘xtag‘ilki, 
tamom siyib bo‘lsin» derdilar. Bolaning ota-onasi xijil bo‘lmasin deb, to chiqib 
ketmaguncha kiyimlarini yuvdirmas edilar. 
Sakkizinchi haq ulki, hamma musulmonlarga kushodaro‘ylik (ochiq yuzliq) 
birla muloqot qilg‘ay. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Haq subhonahu 
va taolo ochiq yuzlilarni do‘st tutar». Va y a n a aytibdurlar: «Hech bir yaxshi 
amal yo‘qki, mag‘firatg‘a sabab bo‘lmoqg‘a ochiq chehralik va 
shirinzabonliqdan ziyoda». 
Anas ibn Molik r.a. aytur, «Bir beva qari ayol on hazrat sallollohu alayhi vassallamg‘a yo‘l 
uzasida muloqot bo‘lib aytdikim, «Yo rasulalloh, arzim bordur». On hazrat alayhissalom 
aytdilarki, «Har yerda xoxlasang, aytg‘il». Ul xotin yo‘l uzasida o‘tirdi. Onhazrat alayhissalom 
to so‘rovini tamom qilg‘uncha qari ayolning so‘zlarini diqqat va e’tibor bilan tinglab 
o‘tirdilar». 
To‘qqizinchi haq ulki, hech bir musulmong‘a va’da bersa xilof qilmag‘ay. Xabarda 
kelibdurki, uch xislat kishida bo‘lsa munofiqdur, agarchi tamom umri namozu-ro‘za 
birla o‘tsa ham: 
Avval-va’daga xilof qilsa. Ikkinchi - yolg‘onchi bo‘lsa. Uchinchi - omonatg‘a xiyonat qilsa. 
O’ninchi haq ulki, «Har kishini o‘z daraja va martabasiga qarab harakat qilg‘ay. Kim xalq 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin