www.ziyouz.com кутубхонаси
182
orasida azizroqdur, ani aziz tutg‘ay. Hazrati Oysha raziyalloxu anho safarda edilar, taom yeb
o‘tirur edilar, bir darvesh ko‘rindi, bir non buyurdilar. Andin keyin bir otliq ko‘rindi.
Aytdilarkim, ul kishini chaqiringlar, taom yeb o‘tgay. Yonlaridagi hozirlar aytdilarkim, «Yo
ummul-mo‘‘minin! Darveshni (kambag‘alni) taomga chaqirmadingiz, boyni
chaqirdingiz?»
Hazrati Oysha aytdilar: «Xudo taolo har kishig‘a daraja beribdur. Biz ham ul darajaning
haqini saqlamog‘imiz lozimdur.
Xabarda kelibdur: «Vaqtiki bir qavmning ulug‘i sizlarni oldingizga kelsa, ul kishini yaxshi
aziz tutqaysizlar. Bir kishi bor ediki, onhazrat alayhissalom o‘z ridolarini (kiyimlarini)
ustida o‘tirsin, deb anga berur edilar. Bir qari ayol payg‘ambarning qoshlariga keldi. O’z
ridolarini ustiga o‘tirguzdilar va aytdilar: «Marhabo, ey ona, shafoat tilagil». Andin keyin
birmuncha moli g‘animatdan kelgan edi, anga berdilar. Ayol bul molni yuz ming dirhamg‘a
sotti.
O’n birinchi haq ulki, ikki musulmon bir-birlari bilan xusumat qilib yurgan bo‘lsalar,
uchinchi kishi tezlik bilan har ikkala musulmonni oralarini islohga keltirgay
(yarashtirgay).
Hazrati rasul alayhissalom aitdilarki, «Men sizlarga aytay, nimadurki, namoz, ro‘za va
sadaqadan yaxshiroq bo‘lg‘ay? Sahobalar aytdilar, «Ayting, yo rasulalloh». Onhazrat
alayhissalom aytdilar: «Isloh qiling (yarashtiring) ikki musulmonning oralarini. Bu ish
hamma narsalardan fozilroqdur».
Rasuli akram s.a.v. aytdilar: «Haq taolodin qo‘rqg‘aysizlar! Ikki musulmonning
orasiga isloh bergaysizlar. Haq taolo qiyomat kuni musulmonlarning orasig‘a islox
beradur».
O’n ikkinchi haq ulki, musulmonlarning hamma ayb va sirlarini yopg‘aysizlar. Xabarda
kelibdurki, «Xar kishi musulmonlarning aybini yopsa, bu olamda va qiyomat kunida (Alloh
taolo) ul kishining gunohlarini yopadur». Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyalloxu anhu
aytdilar: «Har kishini o‘g‘ri deb va yo sharobxo‘r deb tutsam, ani xohlaymanki, Haq taolo
bu bandaning bu fohisha ishlarini yopg‘ay».
Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ey odamlar, iymon keltiribsizlar. hanuz iymon
dilinglarni botinig‘a kira olmabdur. Odamlarni ayb qilmanglar va ularni avratlarig‘a (ochiq
joylarig‘a) tajassuslik qilmanglar. Har kishiki, musulmonning aybini oshkoro qilsa, Haq
taolo ul kishining aybini oshkora qiladur. Agarchi uydan chiqmasa ham».
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytibdurlar: «Yodimda borki, bir kimsani o‘g‘irliqda
tutdilar. Rasul alayhissalomning huzurlarig‘a olib keldilar, toki qo‘lini kesgaylar. Rasul
alayhissalomning ranglari o‘zgardi. Sahobalar aytdilar: «Yo rasulalloh, bu ish xotiringizg‘a
malol keldi? Rasululloh aytdilar: «Nechuk malol kelmasun. Nima uchun shaytong‘a
yordamchi bo‘lg‘aymen? Odamlar o‘z birodarlariga zulmni xohish qilg‘ay. Xudo taolo sizlarni
afvu qilg‘ay va gunohingizni o‘tgay, sizlar ham odamlarning aybini yopqaysizlar.
Vaqtiki, sultonning oldig‘a kelsanglar, qo‘lini kesmay chora yo‘qtur».
Hazrati Umar roziyallohu anhu tunda asaslikka (tungi posbonlikka) chiqar edilar. Bir
nag‘maning ovozini eshittilarki, bir saroydin chiqadur. Tomg‘a chiqtilar va pastga
tushib uyga kirdilar, ko‘rdilarki, bir xotin birla oldida sharob bor. Hazrati Umar aytdilar:
«Ey Xudoning dushmanlari! Gumon qilursizlarki, Haq taolo mundog‘ ma’siyatni
po‘shida tutg‘ay». Ul kimsa aytdi: «Yo amiral-mo‘‘minin, iztirob qilmag‘ilki, agar men bir
gunoh qilg‘on bo‘lsam, sen uch qism gunoh qilding». Xudoi taolo aytibdurki:
«Va lo tajassasuu». Josusyaik qilmanglar. (Hujurot, 12). Yana aytibdurlar: «Odamlarning uylariga eshigi birla kiringlar». Sen esa tomdan tushding.