www.ziyouz.com кутубхонаси
170
tavsaniga (sho‘x, o‘ynoqi otga) minib, bir rang va bir sifatlik maydonida javlon
ko‘rguzurlar.
Yahyo ibn Muozdan hikoyat qilurlarki, doru yeb edi, xotini aytdiki, «Uy ichida bir
necha qadam yursangiz. toki doruning quvvati tomirlaringizga tarqagay». Yahyo
dediki, «Bu yurmoqda hech vajh topmasmen, o‘ttuz yildurki, o‘zimlan o‘zim qisob
olurmenki, din va mazhab ishidan bo‘lak nimarsaga aslo harakat qilg‘onim
yo‘qtur».
Bas, bu qavm o‘z ishidin o‘zga narsaga harakat qilmas va agar taom yesa, ul
miqtsor yerlarki, aql, hayot o‘z joyida turgay va ibodatga quvvat topqay. Agar
so‘zlasalar ani so‘zlarki, din va mazhabga yordam bergay va mundan o‘zga
narsalarni o‘zlariga harom qilg‘ondurlar. Ushbudur muqarrab taqvodorlar pokliklari.
Xabarda kelibdurki, hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, «Haloyiqning
yomonrog‘i ul qavmdurki. ne’mat uchun badanlarini rost tutarlar, ranggo-rang liboslar
kiyarlar va turli turli taomlar yerlar, andin keyin og‘izlarini ocharlar. haqoyiq va
maorifdin dam urarlar». Haq taolo bizlarni bu toifalar fitnasidan saqlagay, inshoalloq
taolo.
FASL Halol va haromni ajratish bayonida Ba’zilar gumon qilibdur, dunyo molining hammasi haromdur va yo ko‘pi haromdur. Ul
toifaki, ehtiyoti taqvo-poklik ularg‘a g‘olibroqdur, ayturlar, hech nimarsa yemasmiz,
magar dashtlar giyohi va baliq go‘shti va sayd(ov) go‘shti. Yana ba’zilar ayturlarki,
dunyo ne’matidan yemak durust emas, magar ba-qadari zarurat, har qaysi qismdan
yemak durustdur. Bu nav’i aqidalar hammasi xatodur. Balki do‘rusti uldurki, halol va
harom va shubhat (gumonli) hammasi shar’i sharif (shariat ahkomlari) birla farqliq va
ma’lumdur. Bularning farqini kitobi «Ihyo»da dalillari birla zikr qildim. Shar’i
sharifdan tashqari taqvo qilurmen demaklik bid’atdur.
Rasul alayhissalom kofirning ibriqida (obdasta-tahorat oladigan idish) tahorat oldilar
va qazrati Umar r.a. tarso xotinining sabusidan (kuvacha) suv olib, tahorat
qildilar. Sahoba rizvonallohi taolo anhum ajma’in har shaharg‘a borsalar, taom
sotib olur edilar va muomala qilur edilar. Bovujudi ular zamonida ham
chag‘irfurushlar (mast qiladigan ichimliklarni sotuvchilar) bor edi. Dunyo
molidan qo‘l yig‘mas edilar va hammani barobar ko‘rmas edilar.
Bilgilki. xaloyiq (tabiatan) olti turlidir:
Avvalg‘i nav’, kishi ahvoli salohi va fasodi ma’lum bo‘lmasa, ani birla muomala qilmoq
durustdur. Chunonchi bir kimsa shaxarda g‘arib bo‘lsa, xar kishidan taom olmog‘i va
muomala qilmog‘i durustdur va agar ahli salohni izlab muomala qilsa, taqvodorlar
jumlasidandur.
Ikkinchi turi, kishi salohi ma’lum bo‘lsa, aning taomini yemak ravodur. Tavaqquf
qilmoq taqvodan emasdur. Balki vasvasadandur. Agar tavaqquf qilg‘ondan ul ranjur bo‘lsa,
kishini ranjitmoq haromdur.
Uchinchi toifa kishiki, zolimlig‘i ma’lum bo‘lsa, aning taomi va molidan hazar qilmoq
vojibdur.
To‘rtinchi nav’ kishiki, ko‘proq moli haloldur va lekin haromdan ham xoli emas, bu tariqa
kishining taomi va moli haloldur va lekin hazar qilmoq taqvoning muhimlarilandur. Abdulloh
Muborakning vakili Basra shahrig‘a savdog‘a borib edi, noma yubordiki, Basrada tamom
xalq podshohning molidan savdo qilur ekan. Bular birla muomala qilmoq nechukdur?
Abdulloh. Muborak javob bitdiki, «Agar podshohdan bo‘lak kishidan savdo qilmasalar,