www.ziyouz.com кутубхонаси
171
sen muomala qilmagil. Agar sultondan o‘zga birla ham muomalalari bo‘lsa, ular birla
muomala qilmoq ravodur».
Beshinchi nav’ ul kishiki, zulmi ma’lum bo‘lmasa va molini ham halol va haromlig‘i
bilinmasa va lekin zolimliq alomati bilinsa, uning molidin hazar qilmoq vojibdur.
Oltinchi nav’, kishining zulm alomati bilinmasa va lekin fisqi ma’lum bo‘lsa,
chunonchi, sharob ichmak va nomahramga qaramoq ishlari bo‘lsa, uning molidan hazar
qilmoq vojib emasdurkim, bu ishlari (iymoni zaiflik, lekin) molini harom qilmas.
FASL Podshohlar birla sozish (husni xulq bilan yaxshi muomala) qilmoq bayonida Bilgilki, podshohlarning musulmonlar xarajatidan rishva (pora) olg‘on mollari tamom
haromdur va podshoxlar qo‘lidagi moldan uch qism mol haloldur:
Avvalgi qism, molini kofirlardan jang bilan olg‘an bo‘lsa. (Urush vaqtida tinch aholidan
zo‘rlab olish haromdir).
Ikkinchi, jizya, zimmiylardan (musulmon mamlakatida yashovchi boshqa dindagi
kishilardan jon boshiga olinadigan soliq) hukmi shar’iy olg‘aylar.
Uchinchi, meros oladigan kishisi yo‘qlarning moliki. Baytul-molg‘a olurlar, haloldur.
Mundan o‘zga (yana) hukmi shariat bilan to‘plangan mollar haloldur.
Bilgilki, ulamo va g‘ayri ulamoning podshox va umarolar birla uch qoli bordur:
Avvalgi holi buki. na bular podshohga yaqin bo‘lg‘ay va na podshohlar bularg‘a. Bas,
din va mazhabning salomatligi muningdadur.
Ikkinchi hol, podshoxlarg‘a yaqin bo‘lmoq va salom qilmoq mazmumdur (yaxshi
emas). Magar zarurat bo‘lsa durustdur. Hazrati rasul alayhissalom zolim umaro
(amirlar)ning sifatlarini bayon qilibdurlarki. kishi ulardan yiroq bo‘libdur, xalosliq
topibdur. Kishi ularg‘a vobasta bo‘libdur, ulardandur. Aytibdurlar: «Mundan keyin
podshohi zolimlar paydo bo‘lur. Kishi ularning yolg‘on so‘zlarini rost deb va
zulmlarig‘a rozi bo‘lsa, mening ummatim emas. Qiyomat kuni havzi kavsar
ayga nasib bo‘lmas».
Va yana aytibdurlar: Ulamolarning Haq taolo nazdida yomonrog‘i va dushmanrog‘i
uldurki, amirlarg‘a mulozim bo‘lg‘aylar. Va yana aytibdurlar, ulamo
payg‘ambarlarning omonatdoridurlar (ishonchli odamlari). Vaqtiki, amirlarg‘a mulozim
bo‘lsalar, omonatga xiyonat qilg‘on bo‘lurlarki, ulardan hazar qilmoq kerak. Abu
Zarr r.a. aytur: «Yiroq bo‘linglar podshohlar mulozimatidan. Do‘zaxda bir vodiy
bordurki, ul vodiyg‘a podshohlarg‘a mulozim bo‘lg‘on ulamolardan o‘zga kishi
kirmas». Muhammad ibn Salama aytur, «Tabaq uzasig‘a qo‘ngan chivin, podshoq
dargohidagi olimdan yaxshiroqdur». Xullas kalom, (zolimlarga) mulozamatdan hazar
qilmoq kerak. Agar podshoh va amirlar huzurig‘a kirsa, bu tariqa duo qilg‘ay:
«Aslahakalillohu va vaffaqaka - Alloxu li hayroti va tavval Allohu umraka fi toati».
(Insof, tavfiq tilash). Bas, bilgilki ulamolarga zolimlarning dargoqig‘a
- ruxsat yo‘qtur. Magar ikki uzr birla bormoq ravodur. Avvalg‘i uzr buki, podshohdan
kelmakka farmon bo‘lsa va agar kelmasa ranj va alam yetsa borgay.
Ikkinchi uzr buki o‘zining hojati bo‘lsa va yo bir musulmonning hojatini ravo
qilmoq uchun borsa ravodur. Ba-sharti, yolg‘on aytmasa va xushomad qilmasa.
Ammo podshoh va amirlar ulamolar ziyoratig‘a kelsa, ularga ikrom va izzat qilmog‘i
ravodur. Podshohlar kelmagi ilmning ikrom va izzatidur. Agar podshohning g‘azab
va siyosatidin emin bo‘lsa, o‘rnidan turmagani yaxshiroqdur. Vaqtiki podshoh o‘tirsa,
anga nasihat qilmoq vojibdur. Bu tariqa birlaki, zulm va fisqning haromligini va
dunyo ne’matining azobig‘a arzimas ekanligini bayon qilg‘ay. Agar musulmonlarga