Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
168
qilinglar». Ushbu jihatdan Rasul alayhissalom aytibdurlarki, halol talab qilmog‘liq
hamma musulmonlarga farzdur.
Yana aytibdurlar, «Kishi qirq kun halol yesa va
haromdan
hech narsa aralashtirmasa, Haq taolo ul kishining ko‘nglini nur qilur va
hikmat chashmalarini aning ko‘nglidan ochar». Va yana bir rivoyatda kelibdurki,
dunyoni do‘stliq va muhabbatini aning ko‘nglidin chiqarur. Va Sa’d r.a. dediki: «Yo
Rasulalloh,
duo qiling bizlarga, tokim biz duo qilsak duoyimiz ijobat bo‘lg‘ay». Rasul
alayhissalom aytdilar: «Halol yegilkim, duoying mustajob bo‘ ;ur».
Hazrati rasul
alayhissaiom aytibdurlarki: «Ko‘p yemoqni xox/shmasmen». Bishr Hofiy ramatullohi
alayh ehtiyoti aziym tamom qilur erdi. Aningdan so‘radilar: «Na yerdan taom
yersiz?» Javob berdiki: «O’zgalar yegan yerdan yerman va lekin yeb yig‘lagan birla,
yeb kulganni orasidagi farq juda ko‘pdir». Va aytibdur: «Luqmaning kamligi,
dunyoning kamligi odamiylikning kamligidan ermasdur».
Dostları ilə paylaş: