Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
165
tortqon odam ahl va molning nuqsonig‘a dalolat qilur». 
Uchinchi vajh - savdoda muhlat bermoqlikdur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: 
«Haq taolo rahmat qilg‘ay ul kishig‘aki, olmoq va sotmoqni oson tutubdur. Haq taolo 
aning hamma ishlarini oson qilur va hech bir ehson, kambag‘alga bir narsa sotsa, 
(nasiyaga) muhlat bergandan yaxshiroqemasdur». Agar bir kishi savdo ilmini bilmasa 
anga muhlat bermaklik vojibdurki, adl jumlasidandur. Hazrati rasul alayhissalom 
aytibdurlar: «Qiyomat kuni bir odamni keltururkim, o‘z-o‘zig‘a zulm qilg‘on va aning 
nomai a’molida hech hasana (yaxshilik ish) bitishmagan. Aningdan so‘rarlarki, 
«Yaxshi amal qilg‘oning bormu?» Ul kishi aytur: «Hech yaxshi amal qilg‘onim yo‘qtur. 
Magar bulki, men o‘z shogirdlarimga aytur edim, har kishi mendin qarz olsa anga 
muhlat beringlar va zulm taaddiy (haddan tashqari sitam) qilmanglar, der edim. Haq 
taolo aytur: 
Senki bugun nomuroddursen noilojlikda qolibsen, mag‘firat qildimki, mag‘firat 
qilmoq va zulmi taaddiy qilmoqg‘a men avlodurmen. 
Xabarda kelibdurki, har kishi yana birovga qarz bersa, muddati o‘tgandan keyin har 
kuni o‘shal molni sadaqa berganning savobini hosil qilur. 
Tobe’iyn rizvonallohu alayhim ajma’iyndan shunday odamlar bor ediki, qarz berur 
edilar, hargiz qarzdorni izlamas edilar. Bu umid birlaki, nomai a’mollarig‘a 
sadaqaning savobi bitilgay. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar, «Jannatning 
eshigida bitikluk ko‘rdimki, agar bir dirham qarz bersa, o‘n sakkiz dirham sadaqa 
berganning savobini topar. Bu sababdanki, to hojatmand bo‘lmag‘uncha qarzdor 
bo‘lmas. Hojat ravo qilmoqning savobi ziyodadur». 
To‘rtinchi vajh - qarz ado qilmoqning bayonida. Bo‘lg‘ayki, qarzdor qarz egasini 
qiynamagay. Har naqdkim, qo‘lig‘a keltursa, shitob birla haqdor qoshig‘a keltirgay. 
Xabarda kelibdurki, sizlarni yaxshirog‘inglar ul kishidurki, qarzni vaqtida ado qilg‘ay. 
Xabarda kelibdur, kishiki qarz olsa, ko‘nglida niyat qilsaki, bu qarzni tez fursatda 
xo‘bliq birla ado qilg‘aymen. Haq taolo nechand farishta yuborurki, bu kishig‘a 
nigahbon bo‘lur va duo qilurlar, to qarzni ado qilg‘uncha. Ammo ado qilmay bir soat 
ta’xir qilsa, zolim va gunohkor bo‘lur. Agarchi sababi namoz va yo ro‘za va yo uyqug‘a 
mashg‘ul bo‘lganda ham. 
Beshinchi vajh- bir kishi mol sotib Oltan bo‘lsa-yu, shu sotib Oltan moli uchun 
pushaymon bo‘lib, mol sotgan odamga «molingizni olmayman» deb aytsa mol 
sotgan ham yaxshilik va rozilik ila mol sotib oluvchini royiga qarab,«mayli, 
olmasangiz» deb bay’ni iqola (bekor) qilsa, bu yaxshilik alomatidur. 
Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Haq taolo iqola qilg‘uvchining 
gunohlarini mag‘firat qilur». 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin