Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
88
jarohati bo‘lsa va yo kasal bo‘lsa, suv iste’mol qilmog‘liq uzr bo‘lg‘aykim, bu kishi to
namoz vaqti kirguncha sabr qilg‘ay. Namozning vaqti kirganda pok tufroq uzra ikki alaqon
kaf va barmoqlarini ochgan holda tufroqqa urib, namoz uchun tayammum qilmoqni niyat
qilg‘ay.
Bas, ikki kafti birlan tamom yuzini mash qiladi. Soqoli va qoshi orasiga tufroq
surtaman deb o‘zini qiynamaydi. Andin keyin yana qo‘lini tufroqqa urib, o‘ng
qo‘lining barmoqlari uchini jam’ qilib, chap kafti uzra qo‘yib, o‘rta va nomsiz
barmog‘i hamda jimjilog‘i va chap kaftining yarmisi bilan o‘ng qo‘li barmoqlari
orqasidan oxiriga yetkazib, qaytaradi. Va chap qo‘lining bosh barmog‘i va ko‘rsatkich
barmog‘i va kaftining qOltan yarmi bilan o‘ng bilagini ichi tarafidin silab, qo‘lining
uchiga yetkizadi. Va chap qo‘lini ham o‘ng kaftining ichiga qo‘yib ushbu tariqa birla
tayammum qiladi. Bas, tayammumda niyat qilmoq farzdur. Va har farz namoz uchun
tayammum qilinadi. Ammo navofilni - nafl namozlarini xohlagancha o‘tash mumkii.
Ikkinchi qism tahorat - soqollarini pok qilmoqdur. Bas, bu ikki nav’dur. Avvalg‘i soch
va soqol orasida kir bo‘lsa, ani taramoq va yuvmoq birla pok qilish sunnatdur, hazrati
rasuli akram (.s.a.v.) safarda soqol taramoqni hargiz kanda qilmas edilar. Ko‘z va
quloq kirini tahorat qilurda barmoqlari uchi bilan pok qilg‘ay, og‘iz va burunni g‘ar-g‘ara
va istinshoq va misvok bilan pok qilish va barmoqlar bandi orasidagi (tovoni va tirnoq
orqasidagi kirni issig‘ suv bilan va yo hammomg‘a kirish bilan pok qilish sunnatdur. Va
badanda kir bo‘lsa tahorati botil bo‘lmas. Agar kir qalin bo‘lib badanga suv o‘tishiga
mone’ bo‘lsa, kechirarli emas.
Dostları ilə paylaş: