Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
95
Agar ma’nosini bilib, lekin ko‘nglida yana bir narsani Haq taolo zikridin azizroq bilsa, ul
kishig‘a farishtalar ayturlarki, aytqon kalimang rostdur va lekin o‘zing
yolg‘onchidursen. Inson Haq taoloning farmonidan yana bir nimarsaga moyilroq bo‘lsa, ul
kishining nazdida ul nimarsa buzruk va ulug‘durkim, aning ma’budi va ilohi ul nimarsadur.
Chunonchi Haq taolo aytibdur:
Afara-ayta man-ittahaza ilahahu havahu? Ey, Muhamad, havoyi nafsini o‘ziga iloh qilib
Oltan kimsani ko‘rganmisiz? («Josiya» surasi, 23-oyatdan.)
Yana: Inni vajjahtu lillaziy. Fatara s-salavoti val-arza xaniyfan va mo antinal mushrikiyna.
Ma’nosi ulki, ro‘yi dilimni hamma olamdan o‘gurub, Haq taologa mutavajjih bo‘ldim (yuzimni
Achloh tomonga qaratdim) «An’om» surasi, 79-oyat,
Va agar kalimani aytgan vaqtda dilni yana bir nimarsaga mutavajjih bo‘lsa, aytgan
kalimasida yolg‘onchidur. Inson Haq taologa munojot qilur vakl-ida ul kalomda yolg‘on aytsa
aning xatari hammaga ma’lumdur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar:
«Musulmon
uldurki, musulmonlar aning qo‘lidin va tilidan salomat qolsa».
Namoz o‘taguvchi ushbu sifatlar birla bo‘lmasa, ushbu sifatda bo‘lmoqni niyat qilg‘ay.
Vaqtiki alhamdulilloh desa, bo‘lg‘aykim, Haq taoloning ne’matlarini dilida toza
saqlagay. Yana «ihdinas sirotal mustaqim» desa dilini zoriy va tazarru’ birla tutg‘aykim,
hidoyat talab qilg‘on bo‘lur.
Dostları ilə paylaş: