Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc


FASL   Namozning haqiqati bayonida



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

FASL 
 Namozning haqiqati bayonida 
Bilgilki, avval nimarsakim, senga yetadur tong namozidur. Vaqtiki, azon 
o‘qiganni eshitsang, shod bo‘lg‘aysen va har ishg‘a mashg‘ul bo‘lsang, darhol tark qilib, 
namoz o‘tamakka kelgaysen. Sahoba va tobe’in rizvonallohi taolo alayhim ajma’in ushbu 
tariqa qilibdurlar: agar temirchi bo‘lsalar, temir tobg‘a kelgan bo‘lsa ham tashlab 
qo‘yibdurlar. Agar kafshdo‘z bo‘lsalar, bigiz sanchilg‘on bo‘lsa, tortib olmay qo‘yar 
edilarki, bu nidodan nidoi ro‘zi qiyomatni yod qilur erdilar. Va bilur erdilar, kishi azon 
ovozini eshitib, shodlik va sur’at birla tursa, qiyomat kuni shodlik birla turg‘usidur. 
Bas, bo‘lg‘aykim azon o‘qig‘onda shodlik va rag‘bat birla turg‘ilkim, qiyomat kuni ham 
shodu xurram bo‘lg‘aysen. 
Tahoratning boshi va ruhining bayoni-dilni pok qilmokdur. Tavba va pushaymonliq 
birla va axloqi mazmumdan yiroq bo‘lmoq birla namoz o‘qisa, vojibki, dil Haq taoloning 
nazargohidur. Va namoz haqiqatning joyi dildur. Ammo badan namoz suratining joyidur. 
Ammo avratni yopmoqning ma’nosi ulki, anchakim zohiringni xalqg‘a ko‘rsatmaklik 
xunuk va nodurustdur. Avratni xalqning nazaridan pinhon qilg‘il. Bas, avratni 
yopmoqning ruhi va boshi uldurki, anchakim egningdagi xunuk va oludalikni Haq 
taoloning nazaridan pinhon qilg‘il. Bilgilki, hech nimarsa Haq taoloning nazarida 
maxfiy, yashirin emasdur. Namoz ruhi: Hamma gunohlaringdan pushaymon bo‘lib, 
ikkinchi bora ul gunohni qilmag‘aysen. 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
94
Attoyibu minaz-zanbi zanbalahu. 
Ya’ni Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki, gunohdin tavba qilib qaytuvchi aslo gunoh 
qilmagan kishig‘a o‘xshaydur, tavba gunohni yo‘q qilg‘uvchidur. 
Agar tavba qilolmasang xijolat va sarnigunlik birla (bosh egilgan holda) turmoq 
lozimdur. Va istiqbol qibla ma’nosi ulki, zohir yuzingni hamma taraflardan o‘gurib, hazrat 
xona-ka’ba tarafiga qarab turgaysen. Muning asli va ruhi uldurkim, ro‘yi dilni hamma 
mosivodan o‘gurib, Haq taolog‘a mashg‘ul tutg‘aysen, tokim bir taraf bo‘lg‘ay. 
Chunonchi qiblai zohiriy birdur. Va qiblai dil ham Haq subhonahu va taolodur. 
Vaqtiki ro‘yi dilni Haq taolog‘a mutavajjih qilsang, andishai botil bir taraf 
bo‘lg‘usidur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar «Kishi namozda turub yuzi va dili 
va hissiyoti Haq taolog‘a mutuvajjih bo‘lsa, namozdan turg‘onda onasidin 
tug‘ilg‘ondek bo‘lg‘ay, ya’ni hamma gunohlardan pok bo‘lur». 
Bilgilki,zohir yuzingni qibladan o‘girmak birla zohir namozing botil bo‘lur. Bas, ro‘yi dilni 
Haq taolodan o‘girib o‘zga andishaga mashg‘ulluq qilmoq birla namozning ruhi, haqiqati 
botil bo‘lg‘usidur. Balki andin ziyodaroqdurkim, zohir g‘ilofga o‘xshashdur, e’tibor yo‘qdur. 
Qiyomning zohiri uldurki, namoz o‘taguvchi ojizlik birla banda qulday Haq 
taoloning dargohida turmoqdur. Muning asli va ruhi uldurkim, dilni hamma 
harakatdagi xayoldan to‘xtatib, Haq taoloning xizmati va mulozamatida sabilu ta’zim 
va uzrxohliq birla turmoqdur. Bas, bu vaqt qiyomatda Haq taoloning xuzurida turmoqni 
yodg‘a keltirg‘ay. Va bilgaykim, hamma asrorlari Haq taolog‘a oshkoradur. Haq taolo 
odamning ko‘nglidagi har nimarsadan, zohiriy olami va botiniy holidan xabardor, 
ogoxdur. 
Taajjubdurki, ba’zilar namoz o‘tar holatda axli solihni ko‘rsa, aningdan uyalib namozini 
adab shartlari birla ado qilur. Ammo tanho o‘tasa, adabiga rioya qilmay, shitob birla 
o‘tar. Bas, bu g‘oyat xijolatdurkim, bandai bechoradan uyalgay va Hazrati Halloqi 
olamdan uyalmag‘ay. Va sahoba raziyallohu anhum namozda o‘zini andog‘ sukunat va 
xushu’ birla tutar erdilarkim, vahshiy jonivorlar ulardin qochmas, gumon qilur erdikim 
jamod (jonsiz tosh) bo‘lg‘ay. Va kishi, Haq taoloning azamati aning ko‘nglida barqaror 
bo‘libdur, hamma aning ko‘ngli xushu’da bo‘lg‘usidur. 
Bas, rasul alayhissalom birovni ko‘rdilarki, namozda turub soqolni silar edi, 
dedilarkim agar bu kishini dili xushu’da bo‘lsa erdi, qo‘li ham dilning sifatida bo‘lur 
edi. 
Bilgilki, ruku’ va sujudning zohiri badan birla Haq taologa tavoze’ qilmoqdur. Ani 
haqiqati va ruhi dilni tavoze’ birla tutmoqdur, hamma a’zolarning ulug‘rog‘i va 
sharifrog‘i yuzdurkim, yuzni xor va past tufroqg‘a qo‘yg‘ondin bilg‘aykim, odamning 
asl tufroqdur. Bas, o‘z asliga munosib boqib, takbir qilg‘ay.Bekaslik va bechoraligini 
tanig‘ay. Bunga o‘xshash har amalning va asli haqiqatidan g‘ofil bo‘lsa, suratdan 
ziyoda nasiba topmas. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin