FASL Namozda dilni g‘aflatdan saqlamoq bayonida Bilgilki, namozda dilga ikki g‘ubor o‘tirib qoladi.Biri zohiriy, biri botiniydir. Zohiriy illat
ulki, bir nimarsani ko‘rib yoki eshitib turadigan yerda namoz o‘taganda g‘aflat bo‘lur. Dil ul
nimarsaga mashg‘ul bo‘lurki, dilga ko‘z va quloqdan ta’sir yetar. Buning iloji uldurki, hech
ovoz kelmaydigan yerda namoz o‘tagay. Va agar qorong‘uroq yer bo‘lsa yaxshiroqdurki,
aksar obidlar qorong‘u va kichik ibodatxona ta’yin qilibdurlar. Ibn Umar r.a. har namozga
turar bo‘lsalar, oldilaridan kitob va qilich, va nimarsaikim, nazarni mashg‘ul qiladur. ani olib
qo‘yib namozga turar edilar.
Ikkinchi sabab botiniydurki, hardam xayollik sababidan bo‘lur. Munga iloj qilmoq
qiyinroqdur. Va bu g‘aflat ikki sababdan paydo bo‘lur: Biri-ishga mashg‘ul bo‘lgan vaqtda
namozga tursa, dil ul ishga mashg‘uldir. Aning tadbiri - avval o‘shal ishni tamom qilib, keyin
namozga turgay. Chunonchi, rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: Agar taom yemak va namoz
o‘qimoqning vaqti bo‘lsa, avval taom yeng‘lar, andin keyin namoz o‘tanglar». Bir taom
oqshomlik va bir taom xufton vaqtidadir. Munga o‘xshash, agar bir odamga so‘z aytish
lozim bo‘lsa, avval so‘zni tamom qilib, andin keyin namoz o‘qigay.
Ikkinchi sabab: boshqa ishlarni o‘ylashdan g‘aflat paydo bo‘lurkim, bir soatda tamom
bo‘lmas. Aning iloji, dilni qiroat va tasbihlar ma’nosiga mashg‘ul qilgaykim, g‘aflat daf’
bo‘lur. Agar kuchliroq bir andisha dilda qaror topgan bo‘lsa, bu birla ham daf’ bo‘lmas. Aning
tadbiri: bu andishani bilkullihi (batamom) ko‘ngildan chiqarib tashlamoq kerak. Agar
ko‘ngildin chiqarolmasa, namozi hamisha vasvasa va parokandalikdin xoli bo‘lmas. Bu
tariqa namoz o‘taguvchining holi nimarsaga o‘xsharkim, qulog‘iga chumchuqlarning ovozi
eshitilgay. Kuliga tayoqolib ul chumchuklarni haydasa yana kelur. Agar chumchuqlarning
ovozidin xalos bo‘lmoqni xohlasa, o‘sha daraxtni tubi birla yo‘qotgay, tokim daraxt bordur,
chumchuq ovozi andin xoli emas.
Shunga o‘xshash, tokim bir nimarsaning orzusi ko‘ngulda barqaror bo‘libdur, turli
parokandaliklar doimo paydo bo‘lg‘usidur. Rasulullohga bir purkor (ko‘p mehnat qilib