FASL
Ko‘ngil tahorati va badan tahorati bayonida
Bildingki, zohiriy tahorat botiniy tahoratdan farqlidir. Bas, botiniy tahorat, ko‘ngil
tahorati uch qismdur: avvalg‘i qism - javorih a’zoni gunoh va
ma’siyatlardan pok tutmoq..Ikkinchi - dilni yomon xulqlardan pok tutmoq. Uchinchi -
Xilvatxonai dilni Haq taoloning yodidan boshqa narsalardan pok tutmoq. Zohiriy tahorat
ham uch qismdur: Avval najosatdan pok bo‘lmoq. Ikkinchi - jinsiy aloqadan pok bo‘lmoq.
Uchinchi - badanni ziyoda mo‘y va tirnoqdan pok qilmoq. Har nimarsaki haq taolo xalq
qilibdur, hammasi pokdur. Magar sharobki, mast qiluchidur, ozu ko‘pning farqi yo‘qtur,
hammasi najasdur.
Hamma jonivorlar pokdur, magar to‘ng‘uzkim najasul ayndur. Hamma jonivorlar
o‘lmak birla najas bo‘lur.Magar to‘rt qism jonivor najas bo‘lmas. Chunonchi, baliq,
asalari, chumoli. Va badanida qon oqmaydigan jonivorlardan, chivin, ari, ilon, chayon
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
84
kabi jonivorlarning og‘zidan tushgan narsalar paliddur. Magar tovuqning tuxumi va pilla
qurti pokdur. Jonivorlarning terisi va ko‘zi yoshi pokdur. Va har nimarsaki najasdur,
aning birla namoz o‘tamoq durust emas. Faqat besh nav’ najosatkim, andin yiroq
bo‘lish qiyinligi sababli kechirimlidur.
Magar kishikim yiqilib tushsa va yo chahorpolarning ayog‘idin sachrasa, yuvmoq
lozim. Chunonchi, imkon qadar ehtiyot qilmoq chori bo‘lmasa etikka yuqqan najas
kechirarlidur. Avvalo, etikni najosat izi yo‘q bo‘lg‘uncha tufroqg‘a surtib . namoz
o‘tamoq joizdur. Chivin, burga, bitning qoni harchand kam yuqsa ham nopokdur.
Beshinchi, ushoq, kichkina jarohatlardan chiqqan zardob va rutubatlar kechirarli.
Ammo kishikim qon oldursa va yo jarohat bo‘lsa, yuvg‘ondin keyin asari qolsa, ani
birla namoz o‘tasa, ul namozning qazosi lozim bo‘lurki, bu nav’ uzrlar hayotda uchrab
turadi.
Bilgilki, badanda va yo kiyimda najosati palid bo‘lsa bir marotaba suvga chaymoq
birla ul najosatning asari qolmasa pok bo‘lur. Agar asari qolsa, yana yuvmoq
vojibdur.Agar uvalab yo tirnoq birla asarini ketkizilsa ham pok bo‘lur. Va har qism
suvkim, haq taolo yaratibdur, pok qilg‘uvchidur. Magar to‘rt qism suv pok qilmas:
avvalo bir marta ishlatilgan tahorat suvi pok qilmas. Najosatga tegib o‘tkan suv pok
qilmas Ammo rangi va ta’mi najosat sababidan o‘zgarmasa pokdur. Uchinchi - ul
suvkim, ikki yuz ellik botmondan kamroq bo‘lsa (bir botmon turli joyda turlicha: ikki
puddan o‘n bir pudgacha, bir pud 16 kg) ul suvg‘a andek najas tushsa, agar rangi
o‘zgarmasa ham paliddur.
Ammo agar ikki yuz ellik botmondin ko‘proq bo‘lsa, najosat sababdan o‘zgarmasa
palid bo‘lmas. Bu qavl hazrati imom Shofe’iy alayhir rahma mazhabidur. To‘rtinchi - ul
suvkim, rangi, bo‘yi va ta’mi pok nimarsa tushmak birla o‘zgarsa(chunonchi za’far,
sovun va munga o‘xshashlar) bu suv pokdur. Ammo bir nimarsani pok qilmas. Ammo
tag‘yir - o‘zgarish andak bo‘lsa, pok qilg‘uvchidur.
Ikkinchi qism junubatdan pok bo‘lmoq.. Muningda besh nimarsani bilmak
lozimdur. Odobi qazoyi hojat va odobi istinjo (najosatdan poklanish), tahorat
odobi, cho‘milish odobi, tayammum odobi (suv yo‘q joyda qo‘lni tuproqqa urib, yuz
va qo‘lning tirsagigacha surtiladi).
Odobi qazoyi hojat. Agar sahroda bo‘lsa, tahorat ushatmoq uchun xalqning
ko‘zidan yiroq borg‘ay. Iloji bo‘lsa kishining nazari tushmaydigan yerda o‘tirgay.
O’tirmasdin ilgari avratni ochmagay. Oftob va mohtobga boqib o‘ltirmag‘ay. Qiblaga
yuzini va orqasini qilib o‘ltirmag‘ay. Magar tosh misllik nimarsa to‘siq, g‘ov bo‘lsa
zaruratdin joizdur. Ammo qiblani chap qo‘liga va yo o‘ng qo‘liga kelturib
o‘lturgay. Va xaloyiq jam’ bo‘ladurg‘on yerda tahorat ushatmagay. Avlosi qattig‘
yerga turg‘un suvg‘a va mevalik daraxt tagiga bavl qilmagay (siymagay), va
shamOlta qarshi tarafga tahorat ushatmag‘ay. Bavl sachratmoqdan emin
bo‘lg‘ay. Tikka turib bavl qilmag‘ay va tahorat sindurg‘ali o‘tirganda chap
oyog‘iga nazar solib o‘tirg‘ay. G’usl va tahorat qiladigan yerga bavl qilmag‘ay.
Vaqtiki xalajog‘a kirsa chap oyog‘i birla kirgay. Va chap oyog‘i birla chiqqay. Haq
taoloning ismi bitilgan nimarsani olib kirmagay. Va bosh yalang bavl qilmag‘ay.
Xalojoyg‘a kirganda bu duoni o‘qig‘ay: «Auzu billoh min-ash-shaytonir-rajim najasil-
xabiysil-muxabbasi». Vaqtiki, xalodin chiqsa, bu duoni o‘qugay:
«Alhamdu lillohi-allaziy azhaba anniy mo yu’ziniy va abqo mo yanfa’uniy». Avvalgi
duoning tarjimasi:
Panoh tilaydurman Haq taoloning ionat birla nopok va najas mal’un shayton
sharridinkim, Haq subhonahu va taoloning dargohidin quvulgan ash shaytonir rajiymdur.
Ikkinchi duoning ma’nosi: Siposu-sitoyish (hamdu sano) ul xudoyimg‘aki, yo‘q qildi
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |