www.ziyouz.com кутубхонаси
83
va yo ko‘zasidin suv ichsa man’ qilmag‘ay. Va izhori minnat qilmag‘ay. Hazrati rasuli akram
(s.a.v.) zamzam suvi ichmakni xohish qildilar. Abbos roziyallohu anhu aydilarki, «Yo
rasulalloh, zamzam sog‘usini (idishini) xaloyiq yuvilgan va yuvilmagan qo‘llarida tutibdur.
Hazratlari uchun xos yana bir sog‘u (idish) tayyor qilib suv kelturgaymen. Hazrati rasuli
akram (s.a.v.) aytdilarki, yo‘q, men musulmonlarning qo‘lini barokatini do‘st tutarmen».
Ba’zi johillar bu vus’atni (kengchilikni) anglamay, ehtiyotni tark qilg‘on kishidin o‘zini
ziyoda tutarlar, ota, onasi va yo birodari oftoba va ibriqini (suv idishini) tutsa, qo‘pol, dag‘al
so‘z birla ko‘ngluni og‘riturlar. Bas, nechuk ravo bo‘lg‘aykim, bir extiyotning sababidan
musulmonning ko‘nglini og‘ritur? Va aksar xalqkim, tahorat ehtiyotlarini bajo keltirgandin keyin
ular dimog‘ida kibr, havo paydo bo‘lur va xalqg‘a minnat qo‘yarlar, o‘zlarini pok deb g‘urur
qilurlar. Va hamma xalqdan o‘zlarini fozil va baland tutarlar. Bas, sahoba roziyallohu taolo
anhum ajm’ain tariqatlarini qo‘ldin bermagil. Sababi halokatdur.
Beshinchi shart. Vaqtiki tahorat ehtiyotlarini bajo kelturib, yemak-ichmak, so‘zlamak
va kiymak ehtiyotlarini bajo kelturmasa, ma’lumdurki tahoratda qilg‘on ehtiyotlari riyo va
ruunat va yo olatdandir. Chunonchi to‘yg‘ondin keyin taom yemak makruhdur. Odam
to‘yganidan keyin yana taom yesa, to qo‘li va og‘zini yuvmaguncha namoz o‘qimoq
makruhdur.
Bas, bu qavm munchalikni bilmaslarki, har nimarsaki makruxdur, ani yemak haromdur.
Agar makruhligini bilsalar, bezarurat nima uchun yerlar? Va agar pok deb aqida qilsalar,
qo‘l va og‘izlarini nima uchun yuvarlar? Ba’zilar oddiy xalq o‘ltirgan uyda namoz o‘tamaslar.
Xalq pishurgan taomni nima uchun yerlar? Bas, bu ishlarda ehtiyot qilish siddiqning
nishonasi emasdur.
Oltinchi shart. Ehtiyot qiladurman deb munkarotga (ko‘pchilikning munkirligi, rad
etipshga) sabab bo‘ladi.
Chunonchi tahoratda uch bor yuvilur a’zolarni uchdin ziyoda, to‘rtinchi marta
yuvmoqdan qaytaribdurlar. Tahoratning suvini ko‘p quyib isrof qilish va yo imom bo‘lsa
namozni kechiktirib o‘qish makruhdur. Va yo joynamozini qing‘ir-qiyshiq solib o‘tirur. Bu
ishda uch makruhlik bordur: avval ulki, masjiddagi musulmonlardan g‘azab qilg‘on bo‘lur.
Aslida masjidda har namoz o‘taguvchining bir joynamozli yerdan ziyoda haqi yo‘qdur.
Ikkinchi, makruhlik yerni ko‘p egallasa saf muttasil va payvasta bo‘lmas. Sunnat ulki,
safda yondoshib o‘lturgan kishi kiftini bir-birig‘a yetkurub barobar turgay.
Uchunchidan, musulmondan qochmoq, uzoqlashmoq makruhdur. Bas, so‘fiy
johillar ehtiyot qilurmiz deb bu nav’ harom ishlarga mashg‘ul bo‘lurlar. Ammo o‘zlarining
xabarlari bo‘lmas.