FASL Ilm talab qilmoq farzligi bayonida Vaqtiki ma’lum bo‘ldi, har kishig‘a ul ilmni bilmak vojibdurkim, qilur amalida ul ilmga
hojatmand bo‘lg‘ay. Bas, bilgilki, omi(lar) hamisha xatardadurlarkim, agar bir amalni
qilmoqni xoqish qilsalar, ul amal ilmini bilmagay, xatar voqe’ bo‘lsa, bilmay qilibdurmen,
degani qiyomat kuni hisob bo‘lmas. Chunonchi kishikim, xotuni birla hayz ko‘rgan holatda
mubosharat qilsa, va yo hayzdin forig‘ bo‘lib, g‘usul qilmasdan ilgari suhbat qilsa, bul
af’ollarning haromlig‘ini bilmay qildim, degani uzrli bo‘lmas. Agar mazluma subhdin ilgari
hayzdin pok bo‘lsa, o‘tkan kungi namozi shom va namozi xuftanning qazosini o‘tamakni
bilmas, va yo kishikim, xotinini hayz ko‘rgan holatda taloq qilsa, ul xotun namozning
qazosini o‘tamakni bilmadim degani, bu nimarsa hayzda taloq qilmoqni haromlig‘ini
bilmadim, degani uzrli bo‘lmas. Haq taoloning dargohidin xitob kelurkim, «Farmon
qilmadimmu, ilm talab qilmaq farzdur, nima uchun farzni o‘rganmay haromga qadam
qo‘yding», deb azob qilur.
Bildingki, omiy(savodsiz) hech vaqtda xatardan xoli bo‘lmas.Bas, ma’lumdurki,
odamga hech ish dunyo va oxiratda ilm o‘rganmakdan afzalroq va ulug‘roq emasdur. Ilm
o‘rganmak o‘zga hunardan manfaatliroqdur. Chunki o‘qug‘uvchi to‘rt ishdan xoli bo‘lmas:
yo o‘zig‘a kifoyat qilg‘uncha dunyoliq bo‘lur.
Agar dunyosi bo‘lsa, ilm dunyosini saqlar. Bu olimning izzatiga va oxiratning
saodatiga sabab bo‘lg‘usidur. Agar kifoyat qilg‘uncha dunyolig‘i bo‘lmasa, bebisotlikka
qanoat qilsa, darvishlik qadru sharofatini bilg‘ayki, darvishlar dunyodorlardin besh yuz yil
ilgari behishtga kirgaylar. Bas, ilm inson uchun bu dunyoning osoyishi va oxiratning
saodatiga sabab bo‘lg‘usidur.
Uchunchi bir odam ilm o‘rganur, anga kifoyat qilg‘uncha moli halol baytul moldin va