www.ziyouz.com кутубхонаси
87
solih bandalaringdan». Bas, bo‘lg‘aykim bu duolar ma’nosini fahm qilg‘ay. Agar bilmasa,
arabcha bilur kishilardan o‘rgangay. Keyin bir marotaba «Oyatal Kursi»ni, uch
marotaba surai «inna anzalnahu»ni («Laylatul-qadr»ni) o‘qig‘ay. Chunonchi hazrati Rasuli
akram (s.a.v.) aytibdurlar:
«Man qaraa inna anzalnohu fi laylatil qadri badal vuzuu salosa marrotin a’tohullohu taolo ajra alfishahidin allaziyna qutiluu fi sabilillohi». Hadisning tarjimasi: «Kishikim surai «inna anzalnohu fi laylatul-qadr»ni, tahorat
Oltandan keyin uch marotaba o‘qisa, Alloh taolo ul kishiga Xudo yo‘lida shahid bo‘lgan
mo‘‘minning savobini ato qilur
Xabarda kelibdurkim, tahorat qilurda mazkur bo‘lgan duolarni o‘qisa , hamma
a’zolari gunohdan pok bo‘lur. Har namozga tahorat qilg‘ay. Agarchi tahorati bo‘lsa ham.
Xabarda kelibdurki, kishi toza tahorat qilsa, Haq taolo u kishining iymonini toza qilur.
Vaqtiki tahorat tamom qilsa, bilgayki, bu a’zoi mag‘sula (yuviladigan a’zo) xalq
nazargohidur. Haq subhonahu va taoloning nazzoragohi esa dildur. Ani tavba va
istig‘for birla pok qilg‘ay. Va agar dilini tavba birla pok qilmasa, anga o‘xsharkim,
kishi o‘z podshohini mehmondorchilikka taklif qilg‘ay, uyining tashqarisini yaxshi
tozalagay va uyining ichi, podshoh o‘turadigan yerni nopok va najas qo‘yg‘ay.
FASL Tahoratda makruh narsalar bayonida Bilgilki, tahoratda olti nimarsa makruhdir. Tahorat qilib turgan vaqtda so‘zlamagay va
suvni yuzig‘a qattig‘ urmagay. Va qo‘lini silkitmagay. Oftobda qolib issig‘ bo‘lgan suv birla
tahorat olmag‘ay va suvni ko‘p quyib isrof qilmag‘ay, Uch bor yuvilishi kerak bo‘lgan a’zoni,
uchdin ziyoda yuvmag‘ay. Ammo yuz va qo‘lini g‘ubor o‘turmasun deb pok nimarsada
artmoq ruxsatdurki, bu niyat birla artsa fazilatdur. Safol idishda tahorat olmoq, oftobada
tahorat olmoqdan avloroq va tavaze’ga yaqinroqdur.
Kishikim xotini birla suhbat qilsa, yo bedorliqda yo uyquluqda ob maniysi zavq va
shahvat birla oqib ketsa ul kishiga g‘usul qilmoq vojib bo‘lur. Ammo uyqudan uyg‘ongan
kishiga maniy ko‘rsa ham g‘usul qilmoq vojib bo‘lur. Va foilga va maf’ulga (er-xotin
ikkalasiga) g‘usul qilmoq vojib bo‘lur.
Va g‘usulda ham, tahoratdagi kabi, bajarishni niyat qilmoq, zam-zama(og‘iz
chayqash), burunga suv tortib, tomog‘ning ichkarisiga suv yetkazish va hamma badanni
olasiz yuvmoq zarur.
Ammo sunnat uldurkim, avval bismilloh degay. Va uch marotaba qo‘lning ikkalasini
yuvgay va badanida najosat bo‘lsa ani pok qilg‘ay. Andin keyin tahorat Oltay. Andog‘kim
mazkur bo‘ldi. Va hamma sunnatlarni bajo kelturgay. Va oyog‘ini g‘usuldan keyin yuvgay.
Va g‘usulning tartibi uch marotaba o‘ng tarafiga,uch marotaba chap tarafiga, uch
marotaba boshig‘a suv quyg‘ay. Qo‘li yetadigan yerlarni yaxshilab yuvgay. Qo‘li yetmas
yerlarga suv yetkizishga harakat qilg‘ayki hamma badaniga suv yetkurmoq farzdur.
Qo‘lini va nazarini avratdin yiroq qilg‘ay. Va barmog‘ining uchi birla kindigining uchini
ishqalab yuvg‘ay.