www.ziyouz.com кутубхонаси
76
bilan yaratilgandir. Balki biyobonlardagi qumlar donasi va daraxtlar bargi va muxtalif
mavjudot, nafslar va ko‘ngillar aning yaratganlaridur. Va daryolar qatrasi va havo
zarrasi Haq taoloning ilmi qadimida andog‘ ma’lum va makshuf (kashf etilgan)durki,
osmonlar adadini o‘zidan o‘zga zot bilmas.
Bizlarning xotiramizda ma’lum misllik har nimarsaki, olam arsasida (sahnida) mavjuddur
hammasi Haq taoloning xohishi va irodasi birlandur.
Va hech nimarsa oz, to‘la, katta, kichik, xayr u shar (yaxshi, yomon) toat va ma’siyat,
kufr va imon, foyda va ziyon, ziyodat va nuqson, ranj va rohat, bemorlik va
tandurustlik, g‘aniylik (boylik) va darveshlik faqatgina Haq taoloning taqdir va irodasi va
qazosi hukmi bilan mavjud bo‘lg‘usidur.
Va agar insu jin va shayotin (shaytonlar) va maloyika hamma olam xalqi jam’ bo‘lsalar,
toki bir zarrani o‘rnidan qo‘zg‘atmoq yoki kam va ziyoda qilmoqni xohish qilsalar, Xudoi
taoloning irodasi bo‘lmaguncha hamma ojiz erurlar. Har narsaki bordur va bo‘lg‘usidur,
hammasi Haq taoloning takdiri va tadbiri bilan bo‘lg‘usidur.
Sami’(eshituvchi, xabardor) va Basiyr(uzoqni ko‘ruvchi) Haq taolo hammani
bilur. Chunonchi, hamma narsani bilguvchi, hamma ko‘rilur va eshitilur nimarsalarni
ko‘rguvchi va eshitguvchidur. Andog‘ki, yirog‘ va yaqin Hudoyi taoloning eshitmagida
barobardur. Qorong‘u va yorug‘ ham ul zotning ko‘rishi uchun birdir. Qorong‘u kechada
murcha (chumoli)ning yurgan ayog‘ sharpasi, Haq taoloning eshitmagidan
tashqari ermas. Va taxtus-sarodagi ( e r ostidagi) qurtning rangi aning nazarida uzoq
emasdur.Va ko‘rmagiga ko‘z lozim emas, eshitmagiga quloq kerakmas. Yaratmoqqa
asbob ham zarur emas.
Haq taoloning sifati qadimiydur. Xudoi taoloning farmonini tutmoq xalqg‘a vojibdur.
(Olloh) har nimarsaiki xabar beribdur, rostdur, va’da va va’idi (jazodan
ogohlantirishi) haqdur.
Farmoni va xabari, qavlu-kalomi, va’da va va’idi Haq taoloning kalomidur. Chunonchi,
Haq taolo zinda( tirik) va dono va tavono va shunavo( ko‘ruvchi, eshituvchi)dur. Go‘yo -
so‘zlaguvchidurkim, Muso alayhisalomga bevosita so‘zladi. Haq taoloning so‘zlamagi kom va
zabonlab va dahon birla ermasdur. Chunonchi Tangri odam ko‘nglidagi so‘zdan, harf va
suratdan pokdir. Haq taoloning sifati kalomi budardin pok va munazzahroqdur.
Tavrot va Injil va Zabur va Furqon (Qur’on)va hamma payg‘ambarlarga nozil
bo‘lg‘on kitoblar-hammasi Haq taoloning kalomidur va Kalom Tangri sifatidur va
hamma sifatlari qadimdur, hamisha bo‘lg‘usidur.Chunonchi Haq taoloning zoti
vojibul-vujudi qadim erdi, Kalom sifati ham qadimdurkim, ko‘ngillarda yod
oling‘uvchi va zabon birla o‘qilg‘uvchi va safhalarda bitilguchidur.
Bas kalom nafsi qadim va g‘ayri maxluqdur. Qiroat qilmoq va yod olmoq va kitobat
maxluqdur. Af’oli olam har nimarsaiki olam ichida mavjuddur, hammasi Haq taoloning
maxluqidur. Har nimarsakim xalq qilibdur, andin xo‘broq suratda tasavvur qilmoq
mumkin ermas. Va agar hamma oqillar jam’ bo‘lub olam mamlakatini yana bir suratda
bo‘lmog‘ini va yo bir nimarsani kam qilmoq va ziyoda qilmoqni xohlasalar hargiz rost
kelmas. Va olamni ushbu nizomdin yana bir (boshqa) suratda bo‘lmog‘i mumkin
deyish-xatodurkim ani hikmat va maslahati siridin g‘ofillikdur. Buning misoli ko‘rning
holig‘a o‘xsharkim bir saroyga kirgay, ul saroy ichida har mato’ va qumoshni (to‘qima
mato’) o‘z joyida qo‘yg‘on bo‘lg‘aylar. Ul nobiyno (ko‘r) ko‘rmay ul mato’lar uzra
qadamin qo‘yar.Va ayturkim, bu mato’larni bilmasdan, yo‘l ustida
qo‘yibdurlar.Vaholanki ul mato’lar yo‘l ustida emasdur. Va lekin ko‘rning o‘zi yo‘lni
ko‘rmas.
Bas, Haq taolo har nimarsaikim, yaratibdur, adl va hikmat birla qilibdur, har
mavjudni tamom kamol martabasida qilg‘ondur.Va agar mundin ziyoda kamol