Uchinchi asl
Tahorat bayonida
Hazrati Haq taolo aytibdurki:
« Innalloha yuhibbut tavvobiyna va yuhibbul mutahhariyna».
Tafsiri: «Alloh taolo do‘st tutadur tavba qiluvchilarni - va do‘st tutadur poklarni».
Hazrat rasuli akram(s.a.v.) aytibdurlarkim:
Attahuuru ishtrul iymoni.
Tarjimasi: «poklik- iymonning bir uzvidur, qismidur».
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
81
Yana bir hadisda aytibdurlar:
Buniyal-islomu alan-nazofati.
Musulmonchilikning binosi poklikdur. Gumon qilmag‘ilki bu hamma fazl va ulug‘lik,
poklik tanho badanni va eginni, ya’ni libosni pok tutmoq birla va yo suvni iste’mol qilmoq
birla emasdur. Asli poklik to‘rt tabaqa:
Avvalg‘i tabaqa: Dilning ichini haq taoloning yodidan o‘zga narsalardan pok tutmoq.
Va maqsud ulki, xilvatxonai dil Haq taoloning yodidan boshqa narsalardan pok bo‘lsa, dil
Haq taolog‘a mashg‘ul bo‘lur. Kalimai «Lo iloha illalloh»ning haqiqati budurki,
«siddikushr iymonining darajasi ushbudur».
Ikkinchi tabaqa. Botin dilni pok tutmoq. Yomon xulqlar, chunonchi hasad, kibr, riyo,
hirs, va adovat, mundin o‘zgalardin ko‘nglini orasta qilmoqdur. Dil ka’basini yaxshi,
go‘zal hulqlar: tavoze’, qanoat, tavba sabr, havfu rajo, muhabbat va mundin o‘zga
fazilatlar birla bezash. Bas, bu muttaqiylar iymonidur.Yomon xulqlardan pok bo‘lmoq
iymonning bir qismidur.
Uchinchi tabaqa. Badanning hamma andom va javohirlarini (badan a’zolari: qo‘l, oyoq, til
va hokazolarni) gunoh va ma’siyatdin, chunonchi g‘iybatdan, yolg‘ondan, harom va
xiyonatdan,nomahramga qarash va mundin o‘zga gunohlardan pok tutmoq. Va badanning
hamma ishlarida adab va Xudoi taolo farmonlariga itoat birla orasta qilmoq. Va bu porsolar
o‘zini yomon ishlardan saqlovchi, taqvodor, xudojo‘ylar darajasi iymonidur. Va badanni
haromdan pok tutmoq iymonning bir qismidur.
To‘rtinchi tabaqa. Badanni va libosni najosatdin pok tutmoqdurki, to hamma
badan ruku’, sujud va arkoni namozga orasta bo‘lg‘ay. Bu ko‘pchilik musulmonlar
iymonidurki, musulmonlar va kofirlar orasidagi farq ushbu besh vaqt namozdur.
Ushbu tahorat ham iymonning bir qismidur.
Hamma mujtahid va fuqaholar tahoratning bayoni va tafsilida g‘ayrat
ko‘rguzubdur.Chunonchi Hakim Sanoiy rahmatullohi alayh aytibdurlar:
NAZM
Ey,musalli,biyo,tahorat kun,
Xonai dini hud imorat kun.
Tarjimasi:Kel ey obid,shahorat qil,
Xonai diningni obod qil.
(Abdulloh hoji Kulohiy tarjimasi).
Badan tahorati to‘rt qismdan iborat, tahoratning quyi martabasidur. Va lekin
insoniy ruh-nafsga ham mundin nasiba bordurkim, nafs pokizaliqni xushlar va
tahorat olmoqdin nafsg‘a ham rohat yetar, Va tahorat olg‘uvchini xalq porso va
muttaqiy derlar.Ushbu sababdin ham tahorat olmoq oson ko‘rinur. Va nafsg‘a ham
xush kelur. Ammo dilni hasad, kibr, riyo, mol, dunyo muhabbati, gunoh va
ma’siyatdan pok tutmoq nafsg‘a foydalidir. Va xalqning ko‘ngli Haq subhonahu va
taoloning nazzoragohidur. Halqning nazzoragohi emas. Shu sababdan har kishi dilii bu
ahloqi mazmumadan pok qilmoqg‘a intilishi savobdir.
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |