VII. Samoviy jismlar harakati muammosi.
Al-Farg‘oniy astronomiyasining bosh masalasi yoritgichlar harakatini o‘rganish bo‘lgan. Albatta,
geometriya-kinematika doirasida, hali dinamika yo‘q edi. U Quyosh harakatini sayyoralar harakatidan
farq qilar edi: «Quyosh ekliptika bo‘ylab osmon sferasining sutkalik harakati yo‘nalishiga teskari, ya’ni
SHarq tarafga harakat qiladi» (1, 44). Sayyoralar ekliptika qutblari atrofida G‘arbdan Sharqqa maxsus
harakat qilgani holda, qolgan yoritgichlar faqat Sharqdan G‘arbga aylanadi. Ya’ni Quyosh bilan
sayyorani harakat yo‘nalishlaridan ham farqlash mumkin.
Al-Farg‘oniy yana davom etib, tezliklar yo‘nalishiga e’tibor beradi: «Oldin osmon shakli va Yer
haqida gapirgan edik. Mana shu bayonni osmonning birinchi harakatidan hosil bo‘ladigan narsalarga
ham tatbiq etish mumkin. Birinchi xil harakatlar, ular osmonda ikki xil ko‘rinadi. Ulardan birinchisi
umumiy harakat bo‘lib, uning natijasida tun va kun ro‘y beradi. Unda Quyosh, Oy va barcha
yoritgichlar har kecha-kunduzda Sharqdan G‘apbga qarab to‘la bir marta va bir xil holatda, ikkala
qo‘zg‘almas qutb atrofida bir xil tezlikda aylanib chiqadi. Birinchi harakatning qutbidan biri —
shimoldagisi shimoliy qutb deb, oldin eslatganimizdek, unga qarama-qarshi ikkinchisi — janubdagisi
janubiy qutb deb ataladi. U birinchi harakat mintaqasi ham deyiladi, chunki u osmon sferasini teng
ikki bo‘lakka ajratadi. Mintaqaning har ikkala qutbdan masofasi ayni bir xil bo‘ladi. Ikkinchi harakat
shuki, bunda Quyosh va yoritgichlar birinchi harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi o‘laroq G‘arbdan
Sharqqa, birinchi harakat qutblaridan boshqa ikkinchi juft qutblar atrofida harakatlanadi. Mana bu
boshqa qutblardan baravar uzoqlikdagi katta doira ikkinchi harakat mintaqasi bo‘lib, burjlar o‘rtalari
doirasi deb ataladi» (1, 19).
Al-Farg‘oniy bu bilan osmon ekvatori va ekliptika tushunchalari mazmunini boyitdi.
Al-Farg‘oniy har xil qutblarning o‘zaro harakatlari haqida qiziq fikrni aytadi: «Harakatlanuvchi
yoritgichlar ekliptika qutblari atrofida G‘arbdan Sharqqa o‘ziga xos tezlikda va barcha tebranishlar
bilan aylanadi. Qolgan yoritgichlar Sharqdan G’arbra birinchi tur harakatda bo‘ladilar. Qutblardan
o‘tuvchi doira birinchi tur harakatda qo‘zg‘almas, ya’ni harakatlanmaydi. Ekliptikaning qutblari ekvator
qutblari atrofida birinchi tur harakatda bo‘ladilar va ularning ikkalasi ham, ya’ni ekliptika bilan ekvator
ikki sfera qutblaridan o‘tgan chegaralovchi doirada, ya’ni meridianda joylashadi»(1, 20). Bu fikr
mexanikada va astronomiyada ro‘y beradigan pretsessiya va mutatsiya hodisalari haqidagi dastlabki
tasavvurdir.
Dostları ilə paylaş: |