I. Al-Farg‘oniy asarlari.
Ahmad al-Farg‘oniyning 8 asari ma’lum. Shu bilan birga, ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, Rizoulloh
Ansoriyning dalolat berishicha, uning qoldirgan asarlari soni o‘n bitta. Bu kitoblarning har birida
astronomiyaga oid yangi, qimmatli fikrlar aytilgan. Ularning ayniqsa ikkitasi jahon astronomlariga
ma’lum va mashhurdir. Biz bu o‘rinda al-Farg‘oniy asarlarining mazmuni bilan chegaralanamiz.
«Astronomiya ilmi asoslari» — «Samoviy harakatlar va umumiy astronomiya kitobi» («Kitob fiy
harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum»). Risolaning asl qo‘lyozmalari matni bir xil bo‘lsa-da,
besh nom ostida saqlanib kelmoqda, ya’ni: «Al-Majistiyga bag‘ishlangan falakiyot risolasi», «Falak
sferalari sababiyati», «Al-Majistiy haqida», «Ilm al-hay’a» deb ham ataladi.
Yana bir kitobi — «Asturlob yasash haqida kitob»(«Kitob al-komil fiy san’a al-asturlob»).
Al-Farg‘oniyning qo‘lyozmalari Angliya, Frantsiya, AQSh, Marokash, Misr, Hindiston, Germaniya,
Eron(Tehron), Rossiya(Peterburg) va boshqa bir qancha mamlakatlarning yirik ilmiy kutubxonalarida
asrlar bo‘yi saqlanib kelmoqda.
Al-Farg‘oniy kitoblari 1145 yildan shu vaqtgacha, ya’ni XII asrdan XXI asrgacha lotin, italyan,
frantsuz, nemis, ingliz, ibroniy, ispan, arab, fors tillarida Angliya, Belgiya, Germaniya, Gollandiya,
Ahmad al-Farg’oniyning fanniy olami
www.ziyouz.com кутубхонаси
2
Misr, Italiya, Marokash, Suriya, AQSh, Tunis, Frantsiyada bir necha bor nashr etilgan. «Astronomiya
ilmi asoslari» B.Rozenfeld, I.Dobrovolskiy va N.Sergeeva tarjimasida rus tilida birinchi marta 1998 yili
Toshkentda nashr qilindi. Bu tarjima qo‘lyozmasining ayrim parchalarini tarjimonlar ruxsati bilan
O.Fayzullaev 1976 yili nashr ettirgan edi. Ruscha va o‘zbekcha to‘la nashrini amalga oshirishda esa
A.Ahmedov va A.Abdurahmonov ancha xizmat qildilar.
Dostları ilə paylaş: |