Microsoft Word maq al-fargoniy ziyouz com doc



Yüklə 107,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix02.01.2022
ölçüsü107,95 Kb.
#40979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
NPuig2tnjbOp023e9mpQaoRDJhV7KwyNOsbnXW6C

www.ziyouz.com кутубхонаси 

3

Al-Farg‘oniyning pedagogik faoliyatini namoyish qilish maqsadida bir misol keltiramiz. Bir savol 



qo‘yaylik: nima uchun ba’zi joylarda samoviy jismlar har xil joyda har xil vaqtda har xil ko‘rinadi? Bu 

savolga hozir, XXI asrda ham hamma to‘g‘ri javob bera oladi, deya olmaymiz. Al-Farg‘oniy esa bu 

savolga bundan o‘n ikki asr ilgari mohir muallim sifatida va ishonarli qilib javob bergan: 

1. «Ammo shunday bir joy borki, unda qutb to‘qson darajaga ko‘tariladi va u zenit bo‘lib qoladi. 

Unda ekvator doirasi hamma vaqt Yerning ufq doirasi bilan ustma-ust tushadi. Osmon sferasining 

aylanishi soqqa yo pildiroqning aylanishi kabi ufqqa parallel bo‘ladi. U holda osmonning ekvatorga 

nisbatan shimoliy yarmi Yer ustida abadiy ko‘rinadi, janubiy yarmi esa abadiy ko‘rinmaydi. Shuning 

singari, agar Quyosh shimoliy burjlarda bo‘lsa, u aylanayotib ufq yaqinida chiqadi va uning ufqdan 

eng katta balandligi uning osmon ekvatori doirasiga og‘ishiga teng bo‘ladi. Agar u janubiy burjlarda 

bo‘lsa, u botadi. Bu yerlarda bir yilning hammasi bir sutka bo‘lib, uning olti oyi tun, olti oyi esa kun 

bo‘ladi» (1, 29). Darhaqiqat, osmonning shimoliy yarmi gorizontda qutb atrofida aylanadi.  

2. «Agar Quyosh Saratonning boshida bo‘lsa, kun 24 soat bo‘lib, tun bo‘lmaydi. Agar Quyosh 

Jadiyning boshida bo‘lsa, tun 24 soat bo‘lib, o‘n kun bo‘lmaydi. Bu joylarda ekliptika qutbi zenitga 

mos keladi, chunki ekliptika ufq doirasi bilan ustma-ust tushadi. U holda Hamalning boshi sharqda

Mezonning boshi g‘arbda, Saratonning boshi shimoliy ufqda bo‘ladi» (1,27). 

3. «Qutbning balandligi ekliptikaning ekvatorga og‘ishiga teng bo‘lgan joylarda Quyosh zenitdan 

bir yilda bir marta o‘tadi. Bu Quyosh Saratonning boshida bo‘lganida ro‘y beradi» (1, 27). 

4. «Quyosh ikkala tengkunlik nuqtalarida bo‘lganida ro‘y berishi ham mumkin. Bu nuqtalar 

Hamal bilan Mezonning boshida bo‘lib, unda Yerning hamma joyida tun va kun teng bo‘ladi. Shu 

kunlarda Quyoshning paralleli ufqda teng ikkiga bo‘luvchi osmon ekvatorining o‘zi bo‘ladi. Agar 

Quyosh shimoliy burjda bo‘lsa, kunning vaqti tunning vaqtidan uzun bo‘ladi. Shuningdek, Quyosh 

osmon ekvatoridan shimol tomonga uzoqlashsa, kun tundan ortib boradi, bu ortish Quyosh osmon 

ekvatoridan eng katta og‘ish miqdoriga uzoqlashgunicha davom etadi. U Saratonning boshida 

bo‘lganida kunning uzayishi va tunning kisqarishi nihoyasiga yetadi. Agar Quyosh janubiy burjda 

bo‘lsa, ahvol biz tasvirlaganning aksi bo‘ladi, ya’ni kun tundan qisqa va bu qisqarish Quyosh Jadiyning 

boshiga yetguncha davom etadi. Keyin kunning qisqarishi va tunning uzayishi tugaydi. Agar ikki 

parallel osmon ekvatorining turli tomonida bo‘lib, undan masofalari teng bo‘lsa, u holda ulardan 

birining Yer ustidagi bo‘lagi, ikkinchisining Yer ostidagi bo‘lagiga teng bo‘ladi va ulardan birining kuni 

ikkinchisining tuniga teng bo‘ladi; tunlari kunlariga teng bo‘ladi. Eng uzun kun Quyosh Saratonning 

boshida bo‘lib, u Jadiyning boshida bo‘lgandagi eng uzun tunga teng bo‘ladi; Saratonning tunlari 

Jadiyning kunlari kabi bo‘ladi. Yerning aholi yashaydigan joylarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan 

hodisalarning barchasi mana shulardan iborat»(1, 25).  

Shunday qilib, tabiatning bu qiziq hodisayu voqealarini astronomiya tarixida birinchi bo‘lib ham 

ilmiy, ham tadrijiy ravishda, ham pedagogika jihatidan mohirona tushuntirib bergan astronom va 

mutafakkir Ahmad al-Farg‘oniy bo‘lgan. 

 


Yüklə 107,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin