ta’sir hosil bo‘ladiki, bu aks ta’sir havo, chang, suv, tuproq, oyna, o‘simlik organizm xususiyatlarining
har xilligiga bog‘liq. Odam esa Quyosh nurining organizmga ta’sirini o‘z aql-idroki bilan idora etish
yo‘nalishini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Nurning qaytishi natijasida jismning hajmi haqiqatdagiga
qaraganda boshqacharoq ko‘rinadi, ya’ni odam sezadigan narsa nohaqiqat bo‘lib chiqib qoladi.
Al-Farg‘oniy tushuntiradi: «Quyosh va Oyning sharq va g‘arbdagi miqdorlari osmonning
yaqinlashib oz-ozdan ko‘rinmay qolayotganida ko‘ra olamiz. U ufqni jismning oxirgi qismi botguncha
Ahmad al-Farg’oniyning fanniy olami
www.ziyouz.com кутубхонаси
4
kesib o‘tadi. Oy ham shunday: ufqning sharqi va g‘arbida meridiandagidan kattaroq ko‘rinadi. Chunki
unda Oy meridiandagidan bizga yaqinroq ko‘rinadi. Lekin dengiz sathi doimo matematik ufqdan
baland turadi, shuning uchun bizning ko‘zimiz turgan sath bilan matematik ufq orasida farq bor.
Ularni sovuq kunlari yoki yomg‘ir tufayli, bahor havosida, namlik katta bo‘lganda, qish kunlarida
kattaroq ko‘ramiz. Shunday kunlarda Quyosh va Oy chiqish va botish oldidan juda katta bo‘lib
ko‘rinadi. Xuddi shu singari odam toza suvning qa’rida biror narsani ko‘rsa, u narsaning haqiqiy
shaklidan katta ko‘radi. Sof suvdagi narsalar chuqurroqda ko‘rinadi. Yoritgichlarning ufq yaqinida
katta bo‘lib ko‘rinishining sababi ham xuddi shunday»(1, 14).
Al-Farg‘oniy izohlagan bu hodisa ilmi keyinchalik geometrik optika, undan keyin fizik optika va
hozir optalmologiya fanlarining tarixiy zamini bo‘lib qoldi.
Hyp bor — soya bor. Quyosh va Oy tutilishining sababi mana shu ziddiyat. Al-Farg‘oniy buni
hammabop qilib tushuntiradi: «Agar Oy Quyoshga ro‘baro‘ bo‘lib, bosh va dumga yaqin bo‘lsa, u
holda Oyda Yerning soyasidan shimolga ham, janubga ham uzoqlasha oladigan hech qanday kenglik
yo‘q. Agar Oy Yerning soyasiga kirsa, Yer uni Quyosh nurlaridan to‘sib qo‘yadi va undan chiqquncha
tutiladi, chunki Quyosh bilan bir vaqtda harakat qiladi» (1, 90). So‘ngra aytiladi: «Ammo Quyosh
tutilishlariga kelsak, bu hodisa Oy Quyosh bilan birlashganda ro‘y beradi. Agar Oy bosh va dumda
bo‘lsa, Quyosh yo‘lidan chetga uzoqlashtiradigan kenglamasi bo‘lmaydi. Oy bizning ko‘zimiz bilan
Quyosh oraligida bo‘lganda, biz uning tutilganini kuzatamiz»(1, 91).
Demak, al-Farg‘oniy uqdirib o‘tmoqchiki, osmondagi ikkita katta yoritgich, aslida, ularning biri
yorituvchi, ikkinchisi yoritiluvchi, ya’ni haqiqat biz ko‘rib turgandek emas. Ha, nur manbai ham, soya
manbai ham harakatda. Bu masalalar bilan hozir osmon mexanikasi, kosmik dinamika shug‘ullanadi.
Shunisi qiziqki, osmon jismlarining har ikkitasini birgalikda olib qaraganda, bir-birining ta’sirini bilib
olish mumkin, lekin sistema uchta jismdan iborat deb qaralsa, uni hozircha bilish mumkin
bo‘lmayapti. Bu esa, falsafadagi bilish nazariyasi muammolariga kiradi.
Dostları ilə paylaş: