www.ziyouz.com кутубхонаси
7
Shuning uchun men bu kitobni yozdim, bundan maqsad — osmon sferasidagi barcha doiralarni
Yerdagi usturlob tekisligida tasvirlash»dir. Kitob yetti bobdan iborat, birinchisi stereografik proektsiya
nazariyasiga bag‘ishlangan.
Al-Farg‘oniy konus qirqimlari haqida gapiradi. Bu sohadagi Apolloniyning fikrlari borligi al-
Farg‘oniyga ma’lum emasligi bilinib turibdi. Ta’kidlash lozimki, al-Farg‘oniy konus qirqimlari
nazariyasini o‘zining yondashishi bilan rivojlantirgan. Al-Farg‘oniy Yevklid geometriyasi mazmunini
muayyan darajada takomillashtirdi.
Bu haqda hatto X asrda Ibrohim ibn Sinon aytgan: Ptolemey kitobida usturlob masalasi
tushunarli emas. Al-Farg‘oniy asarida nazariyani tushuntirish uchun hamma zaruriyatlar e’tiborga
olingan.
Qadim zamonda nazariy mexanika, osmon mexanikasi, astrofizika bo‘lgan emas, lekin samoviy
jismlar harakatining geometrik-kinematik tasavvurlari bo‘lgan. Buning nomi, umuman, kosmografiya.
U kuzatishlar, o‘lchov asboblari va dunyoqarashga asoslangan. «Qadimda olimlar yulduzlar o‘lchami
bilan shug‘ullanib, osmon sferalari harakatlarini kuzatishda o‘lchov vositalaridan foydalanishgan.
Asosiy asbob armillyar sfera bo‘lgan»(1, 81). Darhaqiqat, Quyosh, Oy, sayyoralarning sferalardagi
harakatlarini tekislikka proektsiya tushirish yordamida ifodalangan. Lekin hali bu sohada
proektsiyaning matematik tasviri yo‘q edi. Al-Farg‘oniy davom etadi: «Osmon sferasidagi doiralar
astrolyabiya tekisligida doira va to‘g‘ri chiziq shaklida ko‘rinadi»(1, 88). Mana shu proektsiya usuli
haqidagi g‘oya astronomiya, geodeziya, kartografiyada nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu
nazariyani al-Farg‘oniy kashf etdi va keyin undan ilm ahli foydalana boshladi.
B.A.Rozenfeld va N.D.Sergeeva bu masala tarixini chuqur o‘rganib, quyidagi xulosaga kelishdi:
«Stereografik proektsiya nazariyasini jahonda birinchi bo‘lib Ahmad al-Farg‘oniy kashf etgan» (2,
320). Bu nazariyaning asosi — sferada yotgan aylanalarning tekisligidagi proektsiyasi aylana shaklida,
agar sferadagi aylanalar proektsiya markazidan o‘tgan bo‘lsa — to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘ladi.
Sferaning uning nuqtalari, egri chiziqlarining tekislikka tushiriladigan proektsiyalarini amalga
oshirishning qiyinligi, avvalo, shundan iboratki, uning negizida egri chiziqni to‘g‘ri chiziq shaklida
ifodalash muammosi bor: ilgari ham, hozir ham. Bu masala Pi soniga borib taqaladi. Bu miqdor
cheksizdir. Axir, Yer globusidagi nuqtalarni geografik xaritaga tushirishni ko‘z oldingizga keltiring:
globusdagi A, V, S nuqtalari orasidagi munosabat ularning proektsiyalari a, v, s oralaridagi
munosabatning aynan o‘zi emas-da. Lekin, buyuk matematik Eyler (1707—1783) al-Farg‘oniyning
stereografik proektsiya nazariyasini qo‘llagani tufayli «Rossiya imperiyasining bosh xaritasi»ni
tuzishga muvaffaq bo‘ldi.
Hozir XXI asrda proektiv geometriya, oliy geometriya, oliy geodeziya, kosmik geodeziya
masalalarini yechishda Apolloniyning konus qirqimlari nazariyasi kabi al-Farg‘oniyning stereografik
proektsiya nazariyasidan ham unumli foydalanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |