Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22


Iqlim - tuproq paydo qiluvchi omil



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

Iqlim - tuproq paydo qiluvchi omil.
Iqlim havoning statistik ko‘p yillik rejimi bo‘lib, u 
yoki bu xududning asosiy gegrafik tavsifidan biridir.Iqlim geologik vaqt nuqtai nazardan
o‘zgaruvchandir. Tuproq paydo bo‘lish jarayoni uni jadalligida iqlimning roli nixoyatda 
kattadir. Ayrim omillar iqlimni tuproq paydo qiluvchi omillar orasida etakchi deb hisoblanadi. 
Xar bir joylarning geografik xolati (kenglik, balandlik va x.k.) bilan bog‘liq. YA’ni tuproqlar 
dengiz satxidan ko‘tarilgan sari iqlim o‘zgarib boradi.Atmosfyeraning yana bir muxim 
komponentlaridan biri yog‘in sochin bo‘lib, u namlik manbaidir. YOg‘in miqdori hamma joy 
da bir xil emas. YOg‘in miqdori ekvatorga qarab oshib boradi.
O‘rta Osiyo xududlarida atmosfyera yog‘inlarining miqdori notekis bo‘lib, bu tog‘ 
tizimlarining joylanishi, qiyaliklar ekspozitsiyasi va orografiyasining boshqa xususiyatlari bilan 
bog‘liq.Saxro mintaqasida yillik yog‘in miqdori 100 mm dan kam bo‘lsa, tog‘larga
yaqinlashgan sari bu ko‘rsatgich oshib boradi va baland tog‘liklarda 1000 mm ni tashkil etadi. 
Uch asosiy omil - shiddatli quyosh radiatsiyasi, atmosfyera sirkulyasiyasi va tog‘li relef 
ta’sirida O‘zbekistonning katta qismida subtoropik, keskin kontinental iqlim ta’sirida ob 
havoning yoz oylari ancha barqaror, qish oylari ancha o‘zgaruvchan kechishi, havo 
xaroratining mavsumiy va kunlik bo‘lishi kuzatiladi. 
O‘simlik va xayvonot olamining tuproq hosilbo‘lishiga ta’siri
Bu omil boshqa omillarga 
nisbatan eng muximlaridan biri hisoblanadi. chunki shu omil ta’sirida tog‘ jinslaridan tuproq
hosil bo‘ladi. O‘simliklar, tuproqda yashaydigan xayvonlar, mikroorganizmlar, tuproq paydo 
bo‘lishida bevosita ishtirok etadilar. Va tuproq uchun bular ekologik muhit bo‘lib hisoblanadi. 
Tuproq paydo bo‘lishida etakchi rolni, biosfyerada modda va enyergiyaning asosiy to‘plovchi 
sifatida yuqori o‘simliklar o‘ynaydi.O‘simliklar qoplami haddan tashqari xilma xil bo‘lib, tabiiy 
mintaqalar va regionlar bo‘yicha qonuniy ravishda taqsimlanadigan o‘simlik guruhlariga va 
fitotsenozlarga bo‘linadi. O‘simliklarning har bir yirik guruhida, ular uchun xos bo‘lgan
ma’lum turdagi mikroorganizmlar bo‘ladi. Bu ikki hayot shakllari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa 
majmui 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin