Microsoft Word Moliyaviy hisob-2



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə80/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   102

Tayanch so’z va iboralar


Ustav kapitali Taqsimlanmagan foyda
Rezerv kapitali Grant
Qo’shilgan kapital Subsidiya

Takrorlash uchun savollar


  1. Ustav kapitali deb nimaga aytiladi ?

  2. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda ustav kapitalini shakllantirish xususiyatlari nimalarda o’z ifodasini topadi ?

  3. Ustav kapitalining shakllanishi va foydalanilishi hisobi qanday tashkil qilinadi ?

  4. Qo’shilgan kapital tarkibiga nimalar kiradi ?

  5. Korxonada rezerv kapitalini tashkil qilishning qanday afzalliklari mavjud ?

  6. Korxona sof foydasidan aktsiyadorlarga dividendlar ajratish qay tartibda hisobga olib boriladi ?

  7. Grantlar, subsidiyalar hamda kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervini hisobga olishning xususiyatlari nimalardan iborat ?

Adabiyotlar: 2, 4, 7, 8, 11, 12, 13.

11 - BOB. KONSOLIDATSIYALANGAN BUXGALTERIYA HISOBOTINING KELIB CHIQISH TARIXI VA ZAMONAVIY TARTIBGA SOLISH

11.1. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlarning maqsadi, vazifalari va ahamiyati


Respublikamiz iqtisodini, shu jumladan bozorini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlaridan biri, boshqaruvni to’g’ri yo’lga qo’yish hisoblanadi. Chunki turli xil mulkchilik shakllariga asoslangan korxonalar, shu jumladan chet el investitsiyalari asosidagi qo’shma korxonalar, aktsionerlik jamiyatlari, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqalarning tashkil etilishi tufayli xorijiy davlatlar, tashkilotlar va xususiy shaxslar bilan aloqalar tobora mustahkamlanib, ularning iqtisodiyotdagi o’rni tobora salmoqli bo’lib bormoqda.
Jahon mamlakatlari tajribasidan ma’lumki, korxonalarni samarali boshqarishda ko’proq ularni yirik guruhlarga birlashtirgan holda tuzish maqsadga muvofiqdir. Bunda ikki yoki undan ortiq kompaniya moliyaviy-iqtisodiy jihatdan bir kompaniya ostida birlashadi.
Korxonalarning birlashuvi deb, alohida bir korxonaning ikkinchisiga qo’shilishi yoki bir korxona ikkinchi korxonaning sof aktivlari va ishlab chiqarish faoliyati ustidan nazoratni sotib olish oqibatida bir iqtisodiy birlikka qo’yilishiga aytiladi. Bu, asosan, biror-bir faoliyat bilan shug’ullanayotgan kompaniyaning egalari tomonidan ushbu kompaniya tarkibida bir nechta mayda mustaqil korxonalarni tashkil etishga bo’lgan harakatidan kelib chiqadi. Buning natijasida soliq to’lovlari bo’yicha muayyan tejash yuzaga keladi. Ko’pchilik hollarda biznesning kengayishi zaruriyat hisoblanadi. Bunday vaziyatda transnatsional kompaniyalar o’z faoliyatini butun jahon bo’ylab kengaytiradi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar guruhining bosh korxona nazorati ostida birlashuvi yuz bersa, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuziladi.
Moliyaviy hisobot konsolidatsiyasi (konsolidatsiya inglizcha consolidateso’zidan olingan bo’lib, birlashtirmoq, mustahkamlamoq degan ma’noni anglatadi) bu yuridik jihatdan mustaqil, ammo iqtisodiy va moliyaviy tomondan o’zaro bog’liq ikki yoki undan ortiq kompaniyalar hisobotlarini birlashtirishdir.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni tuzishning asosiy maqsadi – korporatsiya faoliyati natijalarini va moliyaviy holatini to’lig’icha ochib berishdan iboratdir. Afsuski, hozirda amal qilib turgan konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot tuzish uslubiyati har doim ham a’lo sifatda ishlamaydi. Korporatsiya foydasi taqsimlanishining tortishuvli jarayon ekanligi hamda inflyatsiya sharoitida mamlakatlar valyuta kurslarining doimiy o’zgarib turishi konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni tuzishda qiyinchilik tug’dirmoqda. Demak, valyuta kurslarini qayta hisob-kitob qilish buxgalterlar oldida turgan eng katta muammolardan biri bo’lib hisoblanadi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin