www.ziyouz.com kutubxonasi
57
Navbatdagi bayt sarvinozning nihoyatda go‘zal, ammo beqiyos bag‘ritoshligiga kinoya tarzida
yaratilgan:
Tan anga siymu ichinda tosh muzmar ko‘nglidin,
Aqlg‘a yuz hayrat, ul oyning ichu toshindadur.
Sarvinozning tanasi (tashqi chiroyi) kumushday tovlanib, o‘ziga maftun etadi. Ammo bu kumush
vujud shunday sirga egaki, uning ichi ko‘ngul yashiringan toshdan iborat. Bu sinoatga inson aqli yuz
karra hayronu lol qoladiki, manzurning siyrati suratida ham iamoyon. Bu inson tabiati, qalb va qiyofasi
orasidagi mutanosiblik hamda ziddiyatning navoiyvor falsafiy ifodasidir.
Bu g‘azalda ham, an’anadagidek, maqta’dan oldingi baytda mayfurushga murojaat qilinadi:
May ketur, ey mug‘ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.
Soqiyga murojaat tarzida bitilgan an’anaviy baytlar g‘azalning boshqa baytlaridan alohida,
mustaqil ma’noga ega bo‘lardi. Bu bayt esa g‘azalning oldingi qismi mazmuni bilan chambarchas
bog‘liq bitilgan. Oldingi baytlarda lirik qahramon o‘zining hayratlarini izhor etgan edi. Bunda esa
Masih «yuz hayrat aro» qolganligi haqida gap boradi. Ya’ni bu ko‘hna mayxona (dunyo) ajoyibotlariga
lirik qahramon (Navoiy) yuz hayrat izhor qilganidan Masih ham yuz chandon hayrat ichida qoladi. Bu
yerda «xuffosh»— ko‘rshapalak obrazi atayin tanlab kiritilgai. Ko‘rshapalak, ya’ni lirik qahramon
ko‘hna mayxona (dunyo) ajoyibotlarini ko‘rguncha (mayxonaga kirib, vahdat mayidan qonmaguncha),
g‘ofil edi. «Eski dayr» ajoyibotlarini idrok etgach, ko‘zlari yarq etib ochildi va yuz hayratga tushdi.
Bunday mo‘‘jizadan jonbaxsh Masih ham yuz hayratga tushadi, chunki u o‘likni tiriltirishi bilan
mashhur, ko‘r ko‘ngil ko‘ziga nur ato etishga u qodir emas. Maqta’ga kelib, ta’rif-tavsif oyga,
quyoshga qadar ko‘tariladi:
To Navoiy to‘kti ul oy furqatidii bahri ashk,
Har qachoi boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.
Navoiy ul oy, ya’ni husn shohi firoqiga duchor bo‘lganidan (bu foniy dunyoga mehmon
bo‘lganidan) buyon yig‘laydi va ko‘z yoshlarida ul quyosh — ilohiy tal’atning aksi mudom: jilolanib,
shu’lalanib turadi. Ko‘rinadiki, dastlabki baytlar tagzaminidagina tuyish mumkin bo‘lgan so‘fiyona
obraz va ma’nolar maqta’gacha oshkora balqib yuzaga chiqdi.
Matla’da boshlangan tasvir maqta’gacha izchil rivojlandi. G‘azaldagi so‘z, obraz, ifodalar ham
shunday rivojga muvofiq harakatlantirildi. «O‘n sakiz ming olam», «o‘n sakiz yil», yana «o‘n sakiz
yosh», yana «o‘n sakiz yil», «yuz sakson yil», «hayrat», «aqlga yuz hayrat», «yuz hayrat» so‘z
birikmalari g‘azaldagi mazmun va g‘oyaning silsilaviy tadrijini ta’minladi. Natijada, asar
kompozitsiyasi musalsal darajasida takomillashdi.
G‘azal yuksak badiiyati tufayli shuhrat tutdi, xalqqa sevilib, tildan tilga, dildan dilga ko‘chdi.
Xonanda Berta Davidova tomonidan klassik qo‘shiq sifatida, maqomshunoslarimiz tomonidan maqom
kuylariga solib kuylanib, nash’u namo topdi.
Dostları ilə paylaş: |