Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
58
Chun Zuhal toli’ bo‘lur xoling xayoli fitnadin,
Jonim ichra yuz ming oshubi balo izhor etar.
Jilva qilg‘och Mushtariy ko‘zni uzoriig yodidin,
Yuz saodat axtaridin har zamon durbor etar.
Chun chiqar Bahromi qotil, ko‘zlaring andishasi
Xasta jonimni qatili xanjari ozor etar.
Mehrdin topmay nishone senda ham, gardunda ham,
Bu musibat ko‘zuma yorug jahonni tor etar.
Zuhra holimg‘a surudin navhaga aylab badal,
Changining sochin yoyib durri sirishk izhor etar.
O‘lmakim anglab, Utorid holima deb marsiya,
Sharhi dardim nazmidin har lahza yuz tumor etar.
Oy halokimga tutub motam, kiyib tundin qaro,
Orazin sayli bila ahli azo kirdor etar.
Tiyra aylab benihoyat kecha umrum sham’ini,
Vasl subhi hasrati ranjim yuz ul miqdor etar.
Rostlig uldurki, yetkach ul quyosh, rahm aylagay,
Ulcha ahvolimga har tun charxi kajraftor etar.
Ey, Navoiy, ishq dardidin shikoyat qilmakim,
Joninga javru jafosin har nechakim, bor etar.
Mavzu xususiyatiga ko‘ra, bu Alisher Navoiyning ishqiy g‘azallari toifasiga kiradi. U shoir ijodiy
takomilining uchinchi bosqichi mahsuli bo‘lib, Navoiy uni ilk bor «Navodir un-nihoya» devoniga
kiritgan. Keyinchalik bu g‘azal «Xazoyin ul-maoniy»ning «Navodir ush-shabob» devoniga ko‘chgan.
G‘azalning o‘ziga xos va murakkab obrazlar silsilasi mavjudligi, hajmining kattaligi (o‘n bir baytdan
iborat), tili va badiiy tasvir uslubining o‘zga ishqiy g‘azallarga nisbatan og‘irligi ham uni Navoiy ayni
ijodiy kuchga to‘lgan o‘rta yoshlarida yaratganligini tasdiqdaydi. Bu — Navoiyning ko‘pma’nolilik
xususiyatiga ega asarlaridan. Unda vasf etilgan ishq «majoziy ishq», ya’ni oddiy insoniy muhabbatdan
ko‘ra kengroq ma’nolarga ega. G‘azal ruhiy mundarijasining nisbatan murakkablashuviga sabab shuki,
unda shoir insoniy ishq bilan panteistik dunyoqarashdagi «haqiqiy ishq» xususiyatlarini bir nuqtada
mujassamlashtirishga harakat qilgan va bunga erishgan. G‘azal ramali musammani mahzuf vaznida
bitilgan.
G‘azalda Navoiy lirik qahramon kechinmalari hamda taxayyulini tasvirlashda yangicha yo‘l tutadi.
Ko‘k binafshazorini anjum chu nargiszor etar,
Nargising birla binafshang hajri ko‘nglum zor etar.
Bir qarashda, bu — an’anaviy ruhdagi bayt. Unda Mavlono Lutfiy tahsiniga sazovor bo‘lgan
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: