www.ziyouz.com kutubxonasi
59
«Orazin yopqach, ko‘zimdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och
quyosh» matla’iga hamohanglik bor. Mazkur baytlarni inson va tabiat munosabatlari, inson ruhiyati
hamda tabiat manzaralarining qiyosiy talqini tutashtiradi. Birida avval inson ruhiyati lavhasi yoritilib,
so‘ng uiga mutanosib tabiat tasviri yaratiladi. Tahlil qilinayotgan gazal matla’ida esa bo‘lakcha. Avval,
ilk misrada, tabiat, aniqrogi, osmonning hijron shomidagi qiyofasi yaratiladi. Kun bilan tunning
almashinishi go‘zal badiiy ifodalanadi. Ya’ni, shoir nazdida, osmon kunduzi binafshazor edi.
Binafsharang ko‘m-ko‘k samoni tasavvur qiling-a! Ko‘k qadahiga shom bodasi quyilishi bilan,
nargisdek sochilgan yulduzlar ko‘k binafshazorini nargiszorga aylantirdi.
Ikkinchi misrada tabiatdagi holatdan kelib chiqib, inson ruhi tahlil etiladi. «Ko‘k binafshazori»ga
lirik qahramon ko‘ngli, «anjum» va «nargis» obrazlariga ma’shuqaning nargismonand ko‘zlari va
binafsharang xatti, binafshashakl zulfi she’riy parallelizm usuli bilan tanosib qilinadi. Bu tasvirdai lirik
qahramon ko‘ngli ma’shuqa visoliga zor-intizorligi anglashiladi. Lekin biz mazkur bayt matla’ ekanligi
va matla’niig badiiy vazifasi lirik kirishni ifodalashdan iboratligini ham uiutmaylik.
Matla’da «ko‘k binafshazori» va «anjum» — yulduzlar haqida so‘z ochildimi, demak, gazal
davomida falakka munosabat, osmoniy jismlar tasviri aks etishi muqarrar. Darhaqiqat, Navoiy Zuhal
(Saturn), Mushtariy (Yupiter), Bahrom (Mars), Mehr (Quyosh, Venera), Utorid (Merkuriy), Oy kabi
sayyoralarni g‘azalga olib kirib, nazmiylashtiradi. Bu she’riy obrazlarni o‘z badiiy muddaosini
ifodalashga xizmat qildiradi.
Jilva qilg‘och Mushtariy ko‘zni uzoring yodidin,
Yuz saodat axtaridin har zamon durbor etar.
Baytda ma’shuqa yoki g‘azalnavis ko‘zda tutgan boshqa bir estetik ideal vaslidai judolik
quyidagicha tasvirlangan. Shoir bu mash’um ayriliq fojiasiga sababchi qilib Mushtariy sayyorasini
ko‘rsatadi. Forsiy nomi Birjis bo‘lmish bu sayyora, Navoiy davri munajjimlarining tasavvuricha,
oltinchi falakda joylashgan yettinchi osmonga eng yaqin yulduz bo‘lgani uchun munajjimlar uni
«Falak qozisi» deb atashgan. Go‘yo u ilohiy qudrat nizomlariga ko‘ra, jamiki mavjudot ustidan hukm
yuritgan. Navoiy Mushtariy sayyorasining mana shu qozilik a’molini nazarda tutganligini inobatga
olsak, quyidagicha mazmun yuzaga chiqadi: Mushtariy, ya’ni falak qozisi chehrang yodini ko‘z
xotirasidan o‘chirgach, yuzlab baxt yulduzlari har zamon dur yog‘ilgandek, ko‘zyosh selini oqizdilar,
Demak, falak qozisi hukmi bilan lirik qahramon baxtsizlik — mangu ayriliqqa giriftor bo‘ldi.
G‘azalda izchil ruhiy tahlil ko‘zga tashlanib turadi. Mana, yuqoridagi voqea lirik qahramonni
qanday kayfiyatga olib keldi:
Mehrdin topmay nishoie senda ham, gardunda ham,
Bu musibat ko‘zuma yorug‘ jahonni tor etar.
Baytning san’atkorona xosiyati shundaki, Navoiy «mehr» so‘zining turli ma’no tovlanishlaridan
ustalik bilan foydalangan. Shoir «mehr» so‘zining lug‘aviy va ko‘chma ma’nolarini ishga solib,
«iyhom» san’atini vujudga keltiradi. «Iyhom» asosida qatlam-qatlam ma’no mag‘ziga ega bo‘lgan
misra yaratadi. Misrani o‘qirkanmiz, dastlab lirik qahramon ma’shuqadan mehr-shafqat nishonasi topa
olmaganini ko‘ramiz, so‘ng ma’shuqadagina emas, balki umuman «gardunda ham» mehr-vafo
topmaganligini anglaymiz. Bu — «mehr»ning lug‘aviy ma’nosigagina suyanib ifodalangan mazmun.
«Mehr» ko‘chma ma’noda quyoshni bildiradi. Bundan ayriliq azobidagi lirik qahramon gardunda
quyosh ham topa olmaganligi anglashiladi. Demak, visolsiz odam — oftobsiz olam, degan musibatli
mazmun yuzaga chiqadi. Bu musibat esa yorug‘ olamni lirik qahramoi ko‘ziga qorong‘u ko‘rsatadi.
Lirik qahramon ahvolini xalq jonli tilidagi «ko‘ziga jahonni tor etmoq» iborasi bilan ifodalash baytning
badiiy salmog‘ini yana chandon oshiradi.
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: |