Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

61

Matnazar ABDULHAKIM 



 

«O‘YNAR» 

 

Yaxshi bilamizki, Navoiy g‘azaliyotining ruhi jahoniy bir dardkashlik, hasratangezlik kayfiyati 



bilan sayqal topgan. Shuning uchun ham «O‘ynar» radifining o‘ziyoq shoir merosining mazkur 

xususiyatidan xabardor o‘quvchini sergak torttirib qo‘yadi. 



 

Zulfing ochilib, orazi diljo‘ bila o‘ynar... 

 

Zulf — ayolning chakka kokili, yoki, umuman, ayol sochi. Oraz yuz, chehra ma’nosini beradi. 



Sho‘ so‘zi fors tilida istovchi, qidiruvchi degani. Demak, orazi diljo‘ — yurak tomonidan izlaiayotgan, 

istalayotgan yuz, chehra. Bu misrada shoir faqat tasvir bilan kifoyalaiadi. 



 

Hindu bachae sho‘xdurur, suv bilan o‘ynar. 

 

Hindu bacha — fors tilidan tarjima qiladigan bo‘lsak, hindu bolasi demak. Ikkinchi misradagi 



tashbihlar birinchi misradagi obrazlarga aniqlik kiritadi, rang beradi. Ma’lumki, hindular qora tusli 

odamlar, binobarin, ular zulf bilan, ya’ni yorning sochi bilan bir tusda. Qolaversa, bu qiyosda harakat 

o‘xshashligi ham ruh o‘xshashligi ham bor: ayollarning kokili, xususan, chakka sochi o‘ynoqidir. 

O‘zining bunday xususiyati bilan bu soch kichkintoylarning sho‘xligini eslatadi. Bu o‘xshatishdagi 

tag‘in bir fazilat shundan iboratki, hindular, asosan, daryo va ummonning sohillarida istiqomat 

qilishadi. Anglashiladiki, yorning yuzi sathi osoyishta suvdek tip-tiniq. Suvdan musaffo chehra bilan 

o‘ynayotgan kokillar suv bilan o‘ynayotgan qora rangli bolakay singaridir. 

Endi ochilib so‘ziga e’tibor qiling. Ochilib o‘zining birlamchi — ochilmoq fe’li bilan 

ifodalanadigan ma’nosidan tashqari, xursand bo‘lmoq, xush kayfiyatda o‘tirmoq degan mazmunlarni 

ham anglatadi. Bu so‘zning, shuningdek, darddan forig‘ bo‘lmoq ma’nosi ham bor. Endi navbatdagi 

mazmun jilosiga e’tibor qiling. Ma’lumki, yosh bola suvni ko‘rganda quvonib-qiyqirib, ochilishib 

ketadi, soch ham chehraning tiniqiligidan, suvdek musaffoligidan quvonib, «ochiladi». Bu yerda 

suvning ham, norasida bolaning ham poklik, tozalik ramzi ekanligini bir eslasak, shoir o‘z 

mahbubasini naqadar uluglayotganini yanada teranroq anglab yetamiz. 

Ikkinchi baytda shoir, o‘z ilohasining sho‘xligi va uniig dastidan tortayotgan uqubati bayoiiga 

o‘tadi. Buning uchun u matla’dagi obrazning mantiqiy rivojlanishidan kelib chiqib fikrlaydi. 

Ma’lumki, ko‘ngilning oynaga, shishaga o‘xshatilishi qadimdan bor gap. Misol uchun xalqimizning 

«ko‘ngil bir shishadir, sinsa tuzalmas» matalini eslash kifoya. Biz biron bir nohaqlikdan qattiq 

ranjisak, ko‘nglim xira bo‘ldi, ko‘nglim qorong‘u, deb aytamiz. Ma’-lumki, xiralanish oynaga juda 

ham xos bo‘lgan xususiyat. Hayotda ko‘p uchraydigan yana bir hodisani eslang: kichkintoylar oyna 

oldida sho‘xlik qilishni, uhlab, nafasi bilan oynaning yuzini xira qilishni yaxshi ko‘radilar. Ko‘zguning 

hamda bolaning ana shu xususiyatidan foydalanib shoir navbatdagi mo‘‘jizasini yaratadi: 



 

Ul sho‘x ko‘ngil lavqin etib tiyra nafasdin,  

Bir tifldir, alqissaki ko‘zgu bila o‘ynar. 

 

Ya’ni, u sho‘x ko‘ngil oynasiii nafasi bilan qoroigu qilib xuddi ko‘zgu bilan o‘ynayotgap yosh 



bolaga o‘xshaydi. 

 

O‘ynay-o‘nnay, bog‘ladi uyqumni fusundin, 

 



Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin