Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

62

deb davom etadi shoir... Fusun — bu — afsun, ya’ni sehr-gipnoz degani. Ma’lumki, odamni 



ginnotik holatga solish — metronomning bir zaylda taqillab turishi yo gipnozchining bir xil so‘zlarni 

yoxud harakatni takrorlashi orqali insonning idrokidagi nazorat qiluvchi markazlarni zabt etish va shu 

orqali idrok egasini o‘z irodasiga bo‘ysundirmoq orqali amalga oshiriladi. Aftidan, shuning uchun ham 

ma’shuqaiing «uyquni bog‘lab» o‘z izmiga bo‘ysundirishini ta’riflashga o‘tar ekan, Alisher Navoiy 

takroriy harakatni ifodalovchi juft so‘zni qo‘llaydi: 

 

O‘ynay-o‘ynay bog‘ladi uyqumni fusundin 

 

va uyquni bog‘langan afsungarni aytadi, to g‘amzasi... demak, afsun qilayotgan — g‘amza... Lekin 



sehrlanish holatining juda ham chuqur ekanligini bayon qilish uchun shoir g‘amzaning, ya’ni mijjalar 

va qorachiqlar ishvasining yana bir hamkorini aytadi: 



 

...ul nargisi jodu bila o‘ynar. 

 

Demak, sehrlanish yolg‘izgina g‘amza tufayli emas, g‘amza va nargisi jodu, ya’ni qosh bilan ko‘z 



hamkorligida, ikkita sehrgarning o‘ynashuvi oqibatida sodir bo‘layapti. Shundan keyingi misra 

quyidagicha: 



 

Tong yo‘qki, ko‘zing bo‘lsa ko‘ngil birla muloyib  

Majnung‘a ajab yo‘q agar ohu bila o‘ynar. 

 

Mazkur baytdagi muloyib so‘ziga e’tibor qiling. Bu so‘z hazillashib, bir-birovni xush ko‘rishib 



o‘ynamoq mazmuniga ega. «Layli va Majnun» dostonida Qays Laylining visolidan mahrum bo‘lgach, 

telbalanib dashtu biyobonga bosh olib ketadi. U yerda jonivorlar bilan do‘st tutinadi, ohular bilai 

dardlashadi. Alisher Navoiy arab folkloridagi ana shu hodisaga ishora qilib, ko‘ngilni Majnunga, yor 

ko‘zini esa ohuga o‘xshatmoqda. O‘z ko‘nglining iloha ko‘zi bilan muloqotini Qaysning ohu bilan 

munosabatiga mengzatyapti. Shunisi ham borki, Qays dardmand odam, haddan tashqari g‘amgin qalb 

egasi, binobarii uning, hatto ohu bilan bo‘lsin, o‘ynashuvi ehtimoldan uzoqroq. Shuning uchun ham 

shoir: 

 

«Majnung‘a ajab yo‘q agar ohu bila o‘ynar», 

 

— deydi. Ko‘zga munosabatan esa: 



 

Tong yo‘qki, ko‘zing bo‘lsa birla muloyib,  

 

— deydi. Bu baytdagi mutanosiblik jadvali quyidagichadir: Ko‘z — ohu, ko‘ngil — Majnun, tong 



yo‘qki — ajab yo‘q, muloyib — o‘ynar. 

Bu baytni sharhlayotib, shuni alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, falsafa ilmida, aksar, ko‘ngil aqlga 

qarshi qo‘yiladi. Negaki, ko‘ngil aqlga to‘g‘ri kelmaydigan narsalarni tusaydi. Ko‘ngil ko‘chasi — 

xalq ta’biricha, hamisha adashtiradi. Ohu esa yuvoshlik, bokiralik timsoli. Alisher Navoiy bu baytda 

hamma aybii bilvosita ko‘ngilga to‘nkab, ko‘zning begunohligini uqtirmoqda. 

Navbatdagi bayt: 



 

Bir lo‘liyi bozigar erur chambar ichinda  

Xolingki o‘shal halqai gesu bila o‘ynar. 

 



Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin