Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


-DARS  MUSTAHKAM OILA – JAMIYAT POYDEVORI



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

1-DARS 
MUSTAHKAM OILA – JAMIYAT POYDEVORI 
 
1 A
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
oila, jamiyat, inoqlik, turmush qurmoq, nikoh, 
uylanmoq, hayot kechirmoq, o‘z o‘rnini topmoq, xizmat qilmoq, dono, 
maslahat, hamshira, uyushma, qadriyat, ijtimoiy, iqtisodiy, maqom, bosqich, 
muhit, mulkiy, moddiy 

Savollarga javob bering: 
1. Oila deganda nimani tushunasiz? Siz uchun oila nima? 
2. Odamlar nima uchun oila quradilar? 
3. Oilaviy munosabatlarga jamiyatdagi o‘zgarishlarning ta`siri bormi? 
4. Oila bolalar uchun qanday vazifani bajaradi?
5. Kattalar uchun oila nimaga kerak deb o‘ylaysiz? 
 

Matnni o‘qing
O I L A 
Oila har bir inson hayotida 
muhim o‘rin tutuvchi yuksak 
qadiryatlardandir.
Oila – murakkab ijtimoiy 
uyushma. Olimlar uni er-xotin, ota-
ona va bolalar o‘rtasidagi 
murakkab o‘zaro aloqalar tizimi 
deb ta’riflaydilar. Oila bu kichik 
guruh bo‘lib, uning a`zolari nikoh 
yoki qarindoshlik aloqalari bilan 
bog‘langan bo‘ladilar. Oila 
jamiyatning aholini vujudga 
keltirish ehtiyoji natijasida paydo 
bo‘lgan.
Jamiyatda har bir inson 
ma’lum mavqega, millatga, mulkka 
va moddiy boyliklarga, shular 
qatorida, tug‘ilgandan boshlab to 
umrining oxiriga qadar “oilaviy 
holati” degan tavsifga ega bo‘ladi. 
Bola uchun oila uning 
jismoniy, ruhiy, hissiy va aqliy 
rivojlanishining shart-sharoitlari 
shakllanadigan muhitdir. 
Katta yoshli kishi uchun oila 
kichik uyushmadir. U bu yerda 
o‘zining qator ehtiyojlarini 
qondiradi, shu bilan birga bu 
uyushma uning oldiga har xil, 
ancha murakkab talablar qo‘yadi. 
Inson hayotining turli bosqichlarida 
uning oiladagi vazifalari hamda 
maqomi o‘zgarib turadi. 
Bir qarashda oilaviy 
munosabatlar nisbatan mustaqil 
hodisa, lekin, aslida, ular 
jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy 
munosabatlar bilan chambarchas 
bog‘liq va ular ta’sirida o‘zgarib 
boradi. 


7


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin