Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


-mashq.  Matnni o‘qib, sarlavha qo‘ying. Tarjima qiling. Ajratilgan  gaplarda  -sa



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

4-mashq. 
Matnni o‘qib, sarlavha qo‘ying. Tarjima qiling. Ajratilgan 
gaplarda 
-sa
 qo‘shimchasining ma’nosini tushuntiring. 
 
TO‘G‘RI YO‘L 
Bankey haftalab meditatsiya bilan shug‘ullanar edi. Shunday kunlarda 
uning yoniga butun Yaponiyadan shogirdlari kelar edi. 
Mashg‘ulotlar vaqtida bir o‘quvchi o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushdi. 
Shogirdlari Bankeydan “uni haydab yuboring” deb iltimos qildilar. Muallim 
rozi bo‘lmadi. O‘sha bola yana o‘g‘rilik bilan ushlandi. Bankey bu gal ham 
hech qanday chora ko‘rmadi. O‘qituvchilarining parvosizligidan xafa bo‘lgan 
o‘quvchilar endi unga 
“agar o‘g‘rini haydamasangiz, biz ketamiz”,
deb 
yozma ravishda arz qildilar. Bankey arznomani o‘qib chiqib, shogirdlarini bir 
yerga to‘pladi-da, ularga shunday dedi: “Hammangiz aqllisiz, nima yaxshi va 
nima yomon ekanini yaxshi bilasiz. 
Xohlagan joyingizga borib o‘qisangiz 
bo‘ladi.
Ammo hali nima yaxshi va nima yomon ekanligini farqlamaydigan 
bu bolaga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish mening burchim emasmi? 
Hammangiz 
ketsangiz ham, u shu yerda qoladi
”.
Bu gaplar bolaga qattiq ta’sir qildi, uning ko‘zlarida yosh paydo bo‘ldi. 
Shu-shu u o‘g‘rilik qilmagan ekan.
(“Dzenga oid 101 hikoyat”dan) 
 

 Tinglang.
Abu Ali Ibn Sino
 
 
I.
 
So‘zlarni tarjima qiling va misollar yordamida ma’nosini 
tushuntiring. 
Murojaat qilmoq, zehn, qo‘lga kiritmoq, ko‘zdan kechirmoq, serqirra
oid, o‘chmas, ramziy, majoziy, da’vat qilmoq, intilmoq, chaqirmoq, tadqiq 
qilmoq, atoqli, bayon qilmoq, vazn. 
II. Savollarga javob yozing. 
1.
Ibn Sino qayerda tug‘ilgan? 
2.
U qanday fanlar bilan shug‘ullangan? 
3.
Ibn Sino kimning qo‘lida ta’lim olgan? 
4.
Ibn Sino necha yoshda tabib sifatida tanilgan? 
5.
Ibn Sinoni Sharqda qanday nom bilan ataydilar? 


65
6.
Ibn Sino G‘arbda qanday nom bilan mashhur?
 
7.
Ibn Sino qayerda va qachon vafot etgan? 
8.
Ibn Sino qanday asarlar yozgan? 
9.
Urjuzalar nima degani? 
10.
Ibn Sinoning she’riyat nazariyasi haqidagi asarining nomi nima? 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin