Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

7 D 
EKOTIZIM NIMA? 
Albert Eynshteyn shunday degan edi: “Biz to‘qnash keladigan o‘ta muhim 
muammolarni ularni o‘zimiz yuzaga keltirgan vaqtimizdagi tafakkur darajamiz
bilan hal qilib bo‘lmaydi”. 
Darhaqiqat, aholining ekologik ma’lumoti va tarbiyasi tabiatni muhofaza 
qilish va maorif sohasidagi chora-tadbirlarni takomillashtirishning ustuvor 
yo‘nalishlaridan biridir. Texnika taraqqiyoti shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi 
sharoitda ekologik ta’lim sifatini yaxshilashga kuchli ehtiyoj sezilmoqda. Kishilar 
tafakkuri va xulqiga samarali ta’sir ko‘rsatish uchun esa, albatta, zamonaviy 
ijtimoiy texnologiyalarni egallash kerak. 
Ekotizim nimani anglatadi? Ekotizim – har xil turdagi organizmlarning 
birgalikda hayot kechirishi va ularning o‘zaro bir-biri bilan qonuniyatli aloqada 
bo‘lgan yashash shartlarining birligi majmuidir. Eng katta ekotizim – Yer 
biosferasi bo‘lib, so‘ng (kichiklashib borishiga qarab) quruqlik, okean, tundra, 
to‘qay, o‘rmon, ko‘l va hokazolar keladi. Barcha tirik jonzotlar ma’lum hududda 
ekotizimni vujudga keltiradi. Ekotizimning 3 turi mavjud: 
1. Makroekotizim – qit'a, davlat ekotizimi; 
2. Mezoekotizim – mintaqa, hudud ekotizimi;
3. Mikroekotizim – yerning kichik maydoni ekotizimi. 
Barcha ekotizimlar o‘zaro bog‘liq va o‘zaro aloqadordir. 
Tog‘ bolalar oromgohi yaqinida joylashgan o‘rmonga bir to‘p kapalak 
qurti tushib qoldi. O'rmon naq hammaning ko‘zi o‘ngida halokatga yuz tuta 
boshladi. O'romgohga kelgan bolalarning hech biri nima uchun shunday 
bo‘layotganini sira tushunmas edi. Agar har yili shu oromgohda dam oladigan 
bolalarga birov, falokatning sababchisi sizsiz, deb aytsa, ular, shubhasiz,
ishonmagan bo‘lar edilar. Rostdan ham, nahotki bolalakar aybdorlar? 
Aslida, mana bunday bo‘lgan edi: har yili bolalar oromgoh atrofida gul 
terardilar. Hamma narsani orqa-oldiga qaramay uzib olaverardilar. Gullarda 
esa taxina pashshasi yashar, nektar bilan oziqlanar, tuxum qo‘yar edi. 
Tuxumlardan o‘rmonga zarar keltirayotgan kapalakqurtga qiron keltiruvchi 
qurtlar paydo bo‘lar edi. Gullar yo‘qolishi bilan, yaqin o‘rtadagi taxina 
pashshalari ham yo‘qoldi... 
Keyin nima bo‘ldi? 
 


188

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin