Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 
7-DARS 
7 A 
OROL DENGIZI 
Orol dengizi
– O‘rta Osiyodagi eng katta berk sho‘r ko‘l. Ma’muriy 
jihatdan Orol dengizining yarmidan ko‘proq janubi-g‘arbiy qismi 
O‘zbekiston (Qoraqalpog‘iston), shimoli-sharqiy qismi Qozog‘iston 
hududida joylashgan. O‘tgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni 
orollari bilan o‘rtacha 68,0 ming kv.km ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan 
dunyoda to‘rtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori ko‘l va Afrikadagi 
Viktoriya ko‘lidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi 
o‘rinda edi.


185
Orol dengizida suv sathining yil davomida o‘zgarib turishi Amudaryo va 
Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bog‘liq. Bahorgi yomg‘irdan 
ham dengiz sathi ko‘tariladi. Suvi sathining yil davomida o‘zgarish 
amplitudasi o‘rtacha 25 sm ga teng bo‘lgan. Suvining sho‘rligi o‘rtacha 10 –
11 %. Suvdagi tuzlarning ko‘p qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil 
etgan. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra, suvi Kaspiy dengizi suviga o‘xshash. Orol 
dengizi suvining tarkibidagi tuz 11 mlrd. tonnaga yaqin deb baholangan. Bu 
tuzlar sanoat ahamiyatiga ega. Dengiz suvi, ayniqsa, markaziy qismida juda 
tiniq. Suvi, xususan, qishda tiniq bo‘ladi. Yoz oylarida ham 24 metr 
chuqurlikkacha dengizning tubi ko‘rinadi. Suvining rangi ko‘pgina qismida 
ko‘k, qirg‘oqlariga yaqini ko‘kimtir tusda. Amudaryo bilan Sirdaryoning 
quyilish joyida suvi loyqa. Dengiz dekabr o‘rtalaridan mart oxirigacha 
muzlaydi. Yozda suvning yuqori qismidagi harorati 27° ga yetadi. Chuqurlik 
ortishi bilan harorat tez pasayadi. Yozda 1 m chuqurlikda harorat 8°ga 
o‘zgaradi. Dengiz ustida havoning o‘rtacha harorati yozda 24–26°, qishda –
7°, – 13,5° bo‘ladi.
Dengizda kema qatnovi mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Mo‘ynoq 
kabi yirik portlar faoliyat ko‘rsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam 
bo‘lgan. Aholi, asosan, baliqchilik bilan va, qisman, chorvachilik, ondatra 
urchitish va sabzavot-polizchilik bilan shug‘ullangan. O‘tgan asrning 90-
yilllarigacha dengizdan baliq ovlangan. Aralsk va Mo‘ynoq shaharlari va bu 
shaharlar atrofida ko‘p sonli baliq ovlash xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatgan, 
Amudaryo deltasida, Avan posyolkasida (Ko‘korol o.), Bugun posyolkasida 
(sharqiy sohil), Uyali va Uzunqir orollarida baliq tuzlash zavodlari ishlab 
turgan. 
Orol dengizini birinchi marta A. I. Butakov 1848-49-yillarda tadqiq 
etgan va xaritaga tushirgan. 
Orol dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan 
bog‘liq, shuning uchun bu ikki daryo suvi sug‘orishga qancha ko‘p sarflansa, 
dengizda suv shuncha kamaya borgan. Ayniqsa, o‘tgan asrning 60-yillaridan 
sug‘oriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi natijasida dengizga 
Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildan yilga kamaya 
bordi. Oqibatda dengizda suv sathi juda tez pasaya boshladi. 
Orol dengizida suv sathi pasayishining uning suv yuzasi va suv sig‘imiga 
ta’siri Orol dengizida suv sathining pasayishi suv balansi elementlarining 
qiymatlariga ham keskin ta’sir ko‘rsatdi: 1911-60-yillarda dengiz sathi 
o‘rtacha 53,04 m ni tashkil etib (Boltiq sistemasida), daryolar dengizga 
quyadigan suv miqdori 56 km
3
, dengiz yuzasiga yog‘gan atmosfera yog‘inlari 
miqdori esa 9,1 km
3
ga teng bo‘lgan. Sarflanish, ya’ni chiqim esa, asosan, 
bug‘lanishdan iborat bo‘lib, shu davrda o‘rtacha 66,1 km
3
ni tashkil etgan. 


186
Shu davr ichida suv balansida salbiy farq qayd etilgan: dengiz har yili 1 km
3
dan, 1911-60-yillar davomida 50 km
3
hajmdagi suvni yo‘qotgan. 
Hozirgi kunda Orol dengizi 3 bo‘lakka bo‘lingan: birinchisi – kichik va 
sayoz shimoliy qismi (sho‘rligi – 8-13g/l); ikkinchisi – nisbatan kattaroq 
maydonga ega bo‘lgan va sayoz sharqiy qismi (sho‘rligi – 69-72 g/l); 
uchinchisi – eng chuqur hisoblangan g‘arbiy qismi (sho‘rligi – 68-69 g/l). 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin