Sulton Jo‘ra 1910 yilda Buxoroning Shofrikon tumanidagi Qog’oltom qishlog’ida dehqon oilasida
dunyoga keldi. Uch-to‘rt yoshligidayoq ota-onasidan judo bo‘lib, qarindosh-urug’lari
tarbiyasida
bo‘ladi. So‘ngra Sho‘ro maktablarida boshlang’ich ta’limni olgach, Buxoro Erlar bilim yurtiga
o‘qishga kirib, uni 1930 yilda tugatadi.
Maktablarda, bilim yurtlarida,
qolaversa, Andijon davlat
pedagogika oliy bilimgohlarida adabiyotdan dars beradi.
Ijodi ham shu yillardan boshlangan bo‘lib, uning birinchi she’ri 1927 yilda «Mehnat qo‘ynida»
nomi bilan «Yangi yo‘l» oynomasida chop etiladi. So‘ngra, uning «She’rlar» (1933), «Fidokor»
(1939), «Moskva» (1941) kabi to‘plamlari, «Kulgi» (1936), «Shodligim» (1939), «Ochiq
chehralar» (1939) kabi turkum she’rlari paydo bo’ladi.
She’rlar va to‘plamlarning nomidan ko‘rinib
turganidek, ularda shoir davr va zamon,
zamondoshlari dardi, quvonchi, shodligidan hikoya qiladi.
Sulton Jo‘ra
qator liro-epik dostonlar, ertaklar muallifi sifatida ham kitobxonga tanish. Uning
«Qaldirg‘och», «Jannat» kabi ertak-dostonlarida yosh kitobxonning romantik ruhini ifodalaydi.
Undagi qaldirg’och ramziy obrazi orqali yoshlarning ona-Vatanga sadoqati umumlashtiriladi.
Shoir «Zangori gilam» she’riy ertagida folklor motivlaridan keng foydalanish orqali o‘z
kitobxonining
ichki olamini, sir-asrorini ochib beradi. «Karim va Qunduz» poemasida bo‘lsa
mehnat va uning gashti, rohati haqida so‘zlaydi. Shoirning «Bruno» dostoni uning ijodida muhim
bosqichdir. Unda Jordano Brunoning o‘lmas obrazi gavdalantirilgan.
Sulton Jo‘ra bolalar uchun bir talay asarlar yaratgan. «Harflar paradi», «Tinish belgilarining
majlisi», «Yolg’onchi», «Cho‘ntak», «Oy nechta», «Sog’inchli salom»
kabi asarlari bolalar
adabiyotining eng yaxshi namunalaridir.
Ulug’ Vatan urushi yillarida Sulton Jo’ra ijodi yangi bosqichga ko‘tarildi. Butun hayoti, ijodini ona
Vatan mustaqilligiga baxshida etdi. U o‘zining «Pulemotchi ovozi», «To‘pchi Muhammad»
«Nayzamiz» va «Chavandoz» kabi qator she’rlarida fashizmga la’nat o‘qiydi.
Shoir bu yillarda urush mavzuida o‘zining «Iroda» dramasini ham yaratdi. Uning urush mavzuida
yaratilgan asarlari orasida «Sog’inchli salom» she’ri alohida o’rin tutadi. Unda ota-ona,
yor va
birodar. yigit va qiz, qavm-qarindosh firog’iga sabab bo‘lgan urushga la’natlar yog’diradi. Shoir:
Sog’indim chirog’im, nechora, biroq —
Har bir ayriliqning ko‘rishmog’i bor,—
deya g’alabaga ishonch bildiradi. U ana shu jangu jadalda 1943 yilning 10 noyabrida
qahramonlarcha halok bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: