Vatan madhi, mehnat gashti va yosh zamondoshlarning ma’naviy dunyosi asosiy mavzu sifatida
tarannum etiladi.
Shoir xalq poeziyasidan ilhomlanib, «Dilkusho», «Suv qizi», «Oysanamning to’yida», «Vladimir
Ilich Lenin» kabi dostonlarni yaratdi. Bu asarlar 30-yillarning ikkinchi yarmidagi o‘zbek
lirikasining rivojlanishiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.
Uning Ulug’ Vatan urushi yillarida yaratilgan «Vabo», «O’ch», «Bu—mening Vatanim», «Ona
shahar», «Dengiz bo‘yida», «Mard yigit yoring bo‘lay», «Pilla», «Ko’zlarim yo‘lingda» kabi
she’rlarida dushmanga nafrat hislari jangovar ruhda ifodalangan.
Urushdan keyingi yillar Mirtemir ijodida
zamon bilan hamnafaslik, davrning eng muhim
masalalarini zamondoshlarimizning barkamol obrazlarini yaratish keng o‘rin tutadi.
Mirtemirning
tarjimonlik
san’ati ham
tahsinga
loyiqdir.
U
A.S.Pushkin
she’rlarini,
N.A.Nekrasovning «Rusiyada kim yashaydi», Sh. Rustavelining «Yo’lbars terisini yopingan
pahlavon», Berdaq asarlari va qirg’iz xalq eposi «Manas»ni ham tarjima qilgan.
Mirtemirning “Qoraqalpoq daftari” turkumi o‘zbek poeziyasining 60-yillardagi yutuqlaridandir.
Shoirning «Surat» poemasi sho‘ro davri o‘zbek poemachiligjnjng
eng nodir namunalarjdan
biridir. «Men seni...», «Chag’alay», «Qirg’iziston», «Mahtumquli to‘yida», «Onaginam»,
«Qozog’im», «Qaydadir buloq» kabj she’rlarj xalqlar do‘stligini kuylovchi eng yaxshi
asarlardandir. 1979 yilda Mjrtemirga «Tog’day tayanchjm» she’riy to‘plami
uchun Hamza
nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan. U 1972 yilda vafot etgan.
Dostları ilə paylaş: