Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
IZZAT SULTON (1910) 
Yirik adabiyotshunos, iste’dodli dramaturg Izzat Sulton 1910 yili O’sh shahrida hunarmand 
oilasida tug’ildi. Otasi vafotidan keyin bolalar uyida tarbiyalandi. 1924 yilda u Toshkentga 
o’qishga keladi. Avval “Namuna” ish maktabi, so’ngra ta’lim-tarbiya texnikumida o’qiydi. 
Texnikumni tamomlagach, maktablarda o’qituvchilik qiladi. 
Izzat Sulton 1930 yilda O’rta osiyo Davlat dorilfununining ijtimoiy fanlar fakultetida o’qiydi. 
Samarqand shahrida chiqadigan “Batrak” gazetasi muharririyatida mas’ul kotib bo’lib ishlaydi. 
1934 yili O’zSSR fanlar komiteti Til va adabiyot instituti aspiranturasiga kirib, uni 1937 yilda 
tamomlaydi. 1943-1948 yillarda davlat rahbarlik lavozimlarida xizmat qiladi. 1948 yildan buyon 
O’zbekiston fanlar akademiyasi nomli Til va adabiyot institutida (hozirda Alisher Navoiy 
nomidagi) ishlab kelmoqda. 
Izzat Sulton 1932 yildan boshlab vaqtli matbuotda adabiyotshunoslikka oid maqolalar e’lon qildi, 
«Adabiyot nazariyasi» (1939, 1979) darsligini yaratdi. Tadqiqodchining ulug’ o‘zbek shoiri va 
mutafakkiri Alisher Navoiyning merosini o‘rganishga bag’ishlangan qator asarlari alohida 
ahamiyatga ega. 
Izzat Sulton badiiy adabiyot sohasida ham barakali ijod qilmoqda. Ilk dramatik asari «Burgutning 
parvozi» (1939) zamondoshlarini Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash jihatidan muhimdir. 
Uyg‘un bilan hamkorlikda yozgan «Alisher Navoiy» (1940) asari O’zbek dramaturgiyasining 
yutuqlaridan biri bo‘ldi. 
«Noma’lum kishi» (1963), «Imon» (1960) dramalarida axloq normalari, zamonamiz kishilarining 
fazilatlari ulug’langan. Yozuvchining yangi dunyo va xurofot olami o‘rtasidagi kurashni
yangilikning bu kurashda qudratli ekanini ko‘rsatgan asari «Fidoyi»dir (1966). «Ko‘rmayin 
bosdim tikonni», «Ibn Sinoning bolaligi», «Abdulla Qodiriyning «O’tgan kunlar» asarlari uning 
ijodida muhim rol o‘ynaydi. 
O’zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, 
Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofotining laureati Izzat Sulton o‘zining sermahsul 
ijodini xalqqa tuhfa etib kelmoqda. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin