Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
AMIN UMARIY (1918—1942)
Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko’ringan vakili Amin Umariy 1913 yili Qo‘qonda 
xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. Otasi Umar aka eski maktablarda muallimlik qilgan. Ona 
Nisobibi didli, zukko ayol hisoblangan. Shu sabab bo‘lsa kerak, Amin Umariy oilada yaxshi 
tarbiya ko‘rgan, xatli-savodli bo‘lib voyaga yetgan. 
Uning bolaligi o‘lkada inqilobiy ko‘tarilishlar, ish tashlash qo‘zg‘olonlar avjiga minayotgan davrga 
to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, Qo‘qonda Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Anbar Otin kabi elparvar shoir va 
shoiralarning ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashi avj olgan davr ham edi. Xususan, Hamza 
Hakimzodaning «Milliy ashulalar»i, S.Ayniyning «Marseleza» kabi da’vatkor she’riyati Amin 
Umariyning ijtimoiy ongi o‘suvida, adib bo‘lib yetishuvida muhim omil bo‘ldi. 
U o‘rta maktabni tugatib, 1930-1935 yillarda Samarqand Davlat pedakademiyasiga o‘qishga 
kiradi. Shoir 1935 yilda Samarqand dorilfununini a’lo baholar bilan yakunlaydi. Bu yerda u 
H.Olimjon, Uyg’un, Oydin kabi iste’dodli adiblar bilan hamnafas bo‘ladi. 1937 yilda 
Samarqanddan Toshkentga ko‘chib keladi va shu yili O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi 
a’zoligiga qabul qilinadi. Shoirning maktab yillarida boshlangan ijodi xuddi shu davrga kelib 
gullay boshlaydi. Uning «Salom, maktab!» she’ri 1930 yilda bosilgan bo‘lib, «Yangroq sadolar» 
nomli birinchi to‘plami 1932 yilda nashr etiladi. To‘plamdagi ko‘pgina she’rlarda o‘sha davr 
uchun dolzarb bo‘lgan qishloq, sanoat, xotin-qizlar ozodligi, ziyolilar hayotini ifodalovchi 
mavzular yetakchilik qiladi. Jumladan, «Qaynayotgan seximiz» she’rida sanoat mavzui, 
«Bolshevik homiysi»da paxtakor dehqon mehnati va «Zarbachi erlar» she’rida ma’rifat mavzui 
o‘z aksini topadi. 
1938 yilga kelib, Amin Umariyshshg «Davr tantanasi» nomli ikkinchi she’riy to‘plami yuzaga 
keladi. Mazkur to‘plamdagi she’rlar ancha puxta, mavzui jihatidan ancha boy edi. Uning 
«Yoshlik» (1935) nomli to‘plami shoir ijodida ko‘tarilishdan darak beradi. «Farzand» (1937), 
«Sadoqat» (1938), «Qo‘shiqlar», «Ijod bog’ida» kabi to‘plamlari ketma-ket yaratildi. Shoir bu 
yillarda Toshkent Davlat pedagogika institutida muallimlik qildi. «Guliston» oynomasida, 
O’zbekiston Davlat nashriyotlarida faollik ko‘rsatdi, tarjimon va munaqqid sifatida qalam tebratdi. 
Amin Umariy «She’rlar», «Bolalik qo‘shiqlari”, «Ovozim», «Quyosh jarchisi» (1939-1941 yillar) 
kabi to‘plamlar yaratdi, bolalar shoiri sifatida «Bolalik qo‘shiqlari» (1938) kitobini chop ettirdi. 
Amin Umariy Ulug’ Vatan urushi yillarida yana ham jonbozlik ko‘rsatdi. Uning «Qasamyod» 
(1942) nomli she’riy to‘plami o‘sha davr jangovar faxriyasi edi. 
U dramaturg sifatida K. Yashin bilan birga «Hamza» (1941), Tuyg’un bilan birga «Qasos» 
dramalarini yozdi va ularda urush davri kartinalarini chizishga intildi. 
Nosir sifatida «Asad» (1932), «Qozon yo‘lida» (1838), «Toshotar» (1939) kabi hikoya va ocherk 
to‘plamlarini yaratdi. 
Shoir va dramaturg, nosir va tarjimon Amin Umariy avji ijodi qaynagan davrda — 1942 yil 14 
noyabrda Bekobod safaridan qaytgach, betoblikdan vafot etadi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin