Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
SHUHRAT (1918)
Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri shoir va nosir, dramaturg 
Shuhrat (G’ulom Alimov) 1918 yili Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ildi. O’rta maktabni 
tugatgach, Toshkent Davlat pedagogika institutida tahsil ko‘rdi (1936-1940). Ammo Shuhratning 
hayoti va faoliyati ancha sertashvish va notekis kechdi. 
O’sha 1937 yilgi mash’um qatag’onlik shamoli yosh Shuhratni ham chetlab o‘tmadi. Unga 
«Otangiz savdogarlik qilgan ekan. O’zingiz kosibdan chiqmagan ekansiz, xotiningiz eskicha, 
jiyakli lozim bilan atlas ko‘ylak kiyib yuribdi. Bolangiz esa beshikda yotibdi. Yaqinda xatna qilar 
ekansiz, turish-turmushingiz eskicha. Bu narsa she’rlaringizda ham aks etib turibdi, deb 
soyuzdan haydashadi («Yoshlik», 4, 1988, 50-bet). Ikkinchi bor 50-yillar boshida «Usmon 
Nosirning propagandisti'' Abdulla Qodiriy bilan Cho‘lpon kitoblarini o‘qigan va targ‘ib qilgan»likda 
ayblanib besh yil «Sibiru Shimoliy Qozog‘istondagi qamoqxonalarda o‘tirib» keladi. «Jannat 
qidirganlar» (1968) romani nashr etilgach, yana tashvish ustiga tashvish keladi. Ustozi Abdulla 
Qahhor tufayli ham bir bor turtki yedi. Shularning hammasi uning soglig‘iga putur yetkazdi. 
Shoir Yozuvchilar uyushmasining maslahatxonasida, nashriyotda muharrir bo‘lib ishladi. 
O’z ijodini (1935) she’rlar yozish bilan boshlagan Shuhratning «Istak va o‘ch» (1940) poemasi 
bosildi. 
1940 yil kuzida harbiy xizmatga chaqirilgan Shuhrat Ulug‘ Vatan urushi janglarida ofitser 
lavozimida dushmanga qarshi mardonavor jang qilish bilan birga qalamini nemis-fashist 
bosqinchilariga qarshi qaratdi. Keyinchalik bu davr «Shinelli yillar» romanining yaratilishiga asos 
bo‘ldi. 
Urushdan so‘ng respublika ro‘znoma va oynomalarida adabiy xodim bo‘lib ishlagan shoirning 
sharafli mehnatni madh qiluvchi «Hayot nafasi» (1947), «Qardoshlar» (1950) she’riy to‘plamlari 
kitobxonlarga yangi tortiq bo‘ldi. 
Yosh avlodning axloq-odobi, mehnatsevarligi, vatan mudofaasi qahramonliklarini, ozodlik va 
tinchlik uchun kurashgan ota-bobolarga munosib vorislar bo‘lib yetishishlarini iftixor bilan 


tasvirlovchi «Bizning ko‘cha», «Balog‘at» (1957-1958), «Quduq» (1973) asarlari yaratildi. 
Adibning «Sening sevging» (1961), «Ishqingda yonib» (1964) lirik kitoblari, «Kavkaz daftari», 
«Qiz tabassumi», «Buyuk muhabbat» kabi she’riy turkumlari, balladalarida vatan va inson, sevgi 
va muhabbat, qadr va qimmat, mehnat va mehnatsevarlik ulug‘lanadi. 
Hayotiy voqealarni keng ko‘lamda tasvirlash ehtiyoji ijodkorni roman janriga undadi. Ulug‘ Vatan 
urushi frontlarida orttirgan katta hayotiy tajribalari asosida xalqimizning jangovar hayoti, 
qahramonligi, vatanparvarligi, qiyinchiliklarga bardoshliligi, kelajakka umid va buyuk g‘alaba 
haqida hikoya qiluvchi «Shinelli yillar» (1947—1957) asarini yaratdi. 
Shoir va adib Shuhrat ham qatag‘onlik davrining ikkinchi to‘lqini ma’naviy qurbonlari M. 
Shayxzoda, S Ahmad, Shukrullo kabi adolatsizlik zulmini tortgan, hurfikrliligi tufayli Sho‘ro 
hokimiyati hibsxonalari jabrini chekkan. 
Shuhratning «Oltin zanglamas» (1967) asarida ma’rifat sohibi — o‘qituvchi degan sharafli kasb 
ulug‘lansa, «Jannat qidirganlar» (1968) romanida vatangadolik fojealari badiiy ifodasini topgan. 
Shoirning hayot haqidagi falsafiy mulohazalari ifodalangan she’r va to‘rtliklardan iborat «Lirika» 
(1973) to‘plami, «Besh kunlik kuyov», «Qo‘sha qaringlar» komediyalari san’atkorning o‘zbek 
adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi bo‘ldi. Uning ko‘pgina asarlari qardosh xalqlar va xorijiy 
tillarga tarjima qilingan. U O’zbekiston xalq yozuvchisidir. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin