viloyatinish Turbat qishlog’ida dehqon oilasida tug‘ildi. U bolalar uyida tarbiyalandi.
1938—1941 yillarda Toshkent pedagogkka institutining kechki bo‘limida tahsil oldi.
Shu bilan
birga, «Yosh kuch» oynomasi, «Yosh leniyachi» ro‘znomalarida ishladi. So‘ngra O’zbekiston
Davlat
nashriyotida muharrir, «O’zbekfilm» va O’zbekiston Radiosida bo‘lim
boshqaruvchisi,
Respublika kinochilar uyushmasi kotibi, Madaniyat ishlari vazirligida bo‘lim rahbari, O’zbekiston
Yozuvchilari uyushmasi qoshidagi adabiyot targ‘iboti rayosatining rahbari, Hamza teatri direktori
kabi bir qancha mas’ul ijodiy vazifalarda faollik ko‘rsatdi.
Turob To‘la she’r yozishni 1934 yillardan boshladi. 1939 yilda uning birinchi she’rlar to‘plami
bosilgan. 1941—1945 yillarda uning Ulug‘ Vatan urushi frontlarida
jang qilayotgan sovet
askarlariga bag‘ishlangan she’rlari xalqimizning fashizmga nafrati va vatanga bo‘lgan his-
tuyg‘ularini ifodaladi. Shoirning «Shodligim» (1941), «Tabassum» (1944) to‘plamlaridagi
she’rlari ham Ulug‘ Vatan urushi frontida kurashayotgan jangchilarga bag‘ishlanadi.
Turob To‘la «Baxt tongotari» (1948), «Sen haqingda»,, «Qanot qoqing, qo‘shiqlarim»,
«Kamalak», «Nafosat», rus tilida nashr qilingan «Zveni moya pesnya» (1954) yumli to‘plamlari
ko‘pgina she’r va dostonlarni o‘z ichiga oladi.
U «Bolalar dostoni» (1950) nomli asarida yosh kitobxonlarga maktab va do‘stlik haqida hikoya
qiladi. 1955 yilda Turob To‘la «Qanotlan qo‘shiqlarim» she’rlar to‘plamini o‘quvchilariga taqdim
etdi. Uning qo‘shiq uchuv yozilgan yoqimli, jarangdor she’rlari zamonamiz kisgilarining yuragiga
hamohangdir. U qo‘shiqchi shoir sifatida ham o‘z eliga, yurtiga mashhur bo‘lgan.
Bir
qancha kinopovestlar,
jumladan, «Rais», «Marg’ilonlik qiz», «Talant», «Maftuningman»,
«Furqat», «Shashmaqom», «To‘qqizinchi asr monologi», «Qahr» fililmlari ssenariysi Turob To‘la
qalamiga mansubdir. Hayotining so‘nggi yillarida Turob To‘laning «Qirq qiz», «Qizbuloq»,
«Momo yer» (Ch. Aytmatov asari asosida), «Nodirabegim», «Qahr» p’esalari qo‘yildi.
Shuningdek, u «Zulmatdan nur» (Oybekning «Qutlug‘ qon» romani asosida)
operasini hamda
«Samarqand afsonasi baletining librettolarini yozgan,
O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O’zbekiston xalq yozuvchisi Turob To‘la o‘z
she’rlari, qo‘shiqlari, muzikali dramalari va kinopovestlari bilan o‘zbek kitobxonlari va
tomoshabinlari qalbidan joy olgan. Shoir Turob To‘la 1990 yilda olamdan o‘tdi.
Dostları ilə paylaş: