Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
VALI G’AFUROV (1922)
Jangchi adib Vali G’afurov o‘zining ikki kitobdan iborat «Vafodor» romani, «So‘nggi 
pushaymon», «Botirga o‘lim yo‘q» kabi qissalari, «Shoxlardagi mezonlar» kabi memuar va 
o‘nlab ajoyib hnkoyalar muallifi sifatida adabiy jarayonga hissa qo‘shib keladi. U 1922 yilda 
Toshkentda tug’ilgan. 
Tarjimai holi nihoyatda oddiy, ayni chog’da hayajonli, jasoratga to‘la, sermazmun. Oddiyligk — u 
ayrim hamkasblari kabi lavozimlarda o‘tirmadi. O’qish, mehnat bilan mashg’ul bo’ldi. 
Toshkent Davlat dorilfununida tahsil oldi, Samarqand viloyat maktablarida o‘qituvchilik dildi. 19 
yoshga yetar-yetmas jangu jadalga yo‘l oldi. Stalingrad ostonalarida mardlik, qahramonlik 
namunalarini ko‘rsatdi. Navbatdagi razvedka vaqtida bir yo‘la ikki ko‘zidan ajraldi, bir oyog‘i 
nogiron bo‘lib qoldi. 
Jangdan qaytgach tirishqoqligi, mehnatsevarligi va yaxshi odamlar ko‘magida brail-igna bilan 


yozish, o‘qish usulini tezda o‘zlashtirib oldi. O’qituvchilik qildi, ko‘zi ojizlarga rahbarlik qildi. Va 
nihoyat, 60- yillar boshlariga kelib uning igna bilan yozilgan «Vafodor» romanining birinchi kitobi 
nashr etildi. 
1973 yilda «Vafodor» romanining ikkinchi kitobi: paydo bo‘ldi. Asar kitobxon va adabiy 
jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi, rus va qardosh tillarga tarjima bo’ldi. Romanda 
yozuvchining shaxsiy hayoti, Taqdiri orqali xalqimizga xos metin-mustahkam iroda, 
qahramonlik, birodarlik tuyg’ulari ulug’landi. 
Vali G’ofurov “Vafodor” romanidan so’ng “So’nggi pushaymon”, “Botirga o’lim yo’q” kabi 
qissalar, “Shoxlardagi mezonlar” kabi memuar xarakterdagi polotnolar va ko’plab hikoyalar 
yaratdi. Ular orasida “So’nggi pushaymon” qissasi alohida ajrab turadi. Unda zamonamiz va 
zamondosh yoshlarning ma’naviy-axloqiy barkamollashuviga to’siq bo’layotgan ayrim eskicha 
urf-odatlar, nuqsonlarni bartaraf etish yo’llari izlanadi. 
U O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin