Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
ZOHIDJON OBIDOV (1923)
Jangchi shoir Zohidjon Obidov 1923 yili Teshkentda tugilgan. U o‘rta maktabni tugatib oliy o‘quv 
yurtiga emas, frontga – jangga otlandi. Leningrad janglarida, qamal holatida o’sha yurt uchun 
jonini fido etdi. Yarador bo‘lib qaytdi. 
Shundan so‘ng Toshkent Davlat dorilfununiga o‘qishga kirada. Tugatgach, Namangan 
pedagogika institutida dars beradi. 
Ayni chog’da viloyat yozuvchilari uyushmasiga rahbarlik qiladi. O’zbekiston Yozuvchilari 
uyushmasida, G’afur G’ulom va “Yosh gvardiya” va “Mushtum” oynomasida faoliyat ko’rsatadi. 
U shoir sifatida 50-yillardan beri ijod qilib keladi. Shu damgacha yigirmadan ortiq she’riy 
to’plamlari e’lon qilingan. Jumladan, “Yaxshi niyat” (1957), “Yangi oyning o’rog’i” (1961), “Oshiq 
ko’ngil bilan” (1963), “Xitoydan sovg’a” (1963), “Tong yulduzlari” (1965), «Ko‘ngil navosi» 
(1968), “Xandalarim” (1969), «Umid to‘lqinlari» (1972), “Yurakdagi mavjlar” (1973), «Kuygan 
kuyov» (1973), Tanlangan asarlar (1974), «Talpinur dil» (1977), “Qo’lingni ber” (1979), «Ko‘ngil 
taronasi» (1983), “Kuyla dilkash dutorim” (1984), «Dilrabosan» (1984), “Bahshida” (1985), 
«Senga talpinaman» (1990), “Qanotli qo’shiqlar” (1991), kabi kitoblari bosilgan. Agar ushbu 
to‘pdamlarga kirgan she’rlarni chuqurroq ko‘zdan kechirsak, undagi bir xil she’rlar qo‘shiq bo‘lib 
yangraydi, bir xillari hashviya sifatida kulgiga yetaklaydi, yana bir xili zamon va 
zamondoshlarnpng o‘y-fikrlarini ifoda etishini ko‘ramiz. Ayni chog‘da mazkur she’rlarning 
ko‘pchiligi rus va o‘zga tillarga ham tarjima bo‘lgan. 
Zohidjon Obidov M. Lermontov, T. Shevchenko. M. Bajan, R. Hamzatov, S. Mixalkov kabp 
mashhur shonrlar asarlarini ham o‘zbek tiliga tarjnma qilgan. U urush faxriysi, qo‘sha-qo‘sha 
orden va medallar sovrindori, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. 
 
 
QUDRAT HIKMAT (1925—1968)
XX asr o‘zbek bolalar ada-biyotiyushg taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan adiblardan biri 
shoir Qudrat Hikmatdir. U 1925 yili Toshkentning eng qadimgi mahallalaridan biri Sebzorda 
tavallud topadi. Onasi Muborak aya erta qazo etadi (1934). Uning otasi oddiy dehqonchilik


hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi. O’zi esa 1934 yilda o‘rta maktabga kirib, uni 1944 yilda 
tugatadi. 
Shoir sifatida maktab devoriy gazetalarida ko‘rina boshlaydi, Unga Quddus Muhammadiy, 
Opbek kabi ustozlar mehribonlik ko‘rsatishadi. 1945 yildan boshlab Qudrat Hikmat she’rlari 
«Lenin uchquni», «Yosh leninchi», «Qizil O’zbekiston» ro‘znomalarida, «Pioner» («Gulxan»), 
«Sharq yulduzi» kabi oynomalarda chop etiladi. 
1947 yilga kelib mashhur baxshi Islom shoir Nazar o‘g’liga adabiy kotib sifatida xizmat etishi 
undagi she’riyatga bo‘lgan intilishini yanada kamol topishiga olib keladi. U «Lenin uchquni», 
«Yosh leninchi» ro‘znomalari va «Yosh gvardiya» nashriyotlarida faoliyat ko‘rsatadi. 1957 yilda 
Toshkent Davlat kechki pedagogika oliy bilimgohini tugatadi. Uning birinchi she’riy to‘plami 
«Mening vatanim» 1950 yilda nashr etiladi. Shundan so‘ng uning «Baxtli bolalar», «Tinchlik—
obodlik», «Moskvaga sayohat», «Do‘stlik», «Uch o‘rtoqning sovg‘asi», «Nabira mehri», 
«Onaxonim», «Alisher va kitob», «Toshbaqalar hujumi», «Soatjonning soati» kabi o‘nlab she’r 
guldastalari hamda «Chirchiq farzandi» kabi poemasi va «Ilon shoh va uning amaldori Ari 
haqida ertak»lari yaratildi. 
U qaysi mavzuda, qaysi janrda qalam tebratmasin, eng muhimi, mehnatkash, halol, topqir va 
chopqir bolalar dunyosini kashf etishga intiladi. Shuningdek, do‘stlik, tinchlik, o‘zaro birdamlik, 
Ona Vatanni sevish, uni ardoqlash sari da’vat etadi. Uning she’rlaridagi bolalarcha samimiylik, 
beg‘uborlik va to‘g‘rilik shoir asarlarining o‘qishli, qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. 
Qudrat Hikmat mohir tarjimon sifatida S. Marshak, S. Mixalkov, A. Surkov, M. Bajan, A. Barto 
kabi atoqli adiblarning bolalarbop she’riyatini o‘zbekchaga ag‘dargan. 
U 1968 yil og‘ir betoblikdan so‘ng 43 yoshida vafot etgan. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin