Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
SA’DULLA KAROMATOV (1928—1980)
Mohir tarjimon va adiv Sa’dulla Karomatov 1928 yilda Buxoroda tug‘ildi. O’rta ma’lumotni ham 
shu yerda oldi 1949 yilda O’rta Osiyo Davlat dorilfununining filologiya fakultetini tugatgach, 
O’zbekiston Radiosida ishladi. 
Sa’dulla Karomatovning jurnalistik faoliyati 1954 yildan boshlandi. 60-yillarda ro‘znoma 
sahifalarida u ocherknavis sifatida ko‘rindi. 1963 yilda esa uning yirik janr dagi birinchi nasriy 
asari - “Tog’lar tabassumi» nomli hujjatli qissasi yozildi. So’ng “Amuning zar kokillari”, “Go’zallik 
ramzi”, “Kumush kamar” kabi ocherklar to’plamlari bosmadan chiqdi. 
Keyingi yillarda «Bir tomchi qon» (1968), “Tog’ go’zali” (1968), “Hijron” (1969), “E’tiqod” (1970) 
qissalalri bosilib chiqdi. Bu asarlar 1971—1973 yillarda rus kitobxonlariga ham yetib bordi. 
So‘nggi yillarda geologlar hayotidan olib yozilgan “Oltin qum” va cho‘llarii o‘zlashtirayotganlarga 
bag‘ishlangan «So‘nggi barxan» romanlarini yaratdi. Sa’dulla Karomatov Jyul Vernning «Suv 
ostida 8000 mill», turkman yozuvchisi Qilich Kulievning «Qora karvon» romanlarini, eron 
yozuvchilarining hikoyalar to’plamlarini, tojik yozuvchisi Yusuf Akobirovning “Tegirmon 
to‘xtagach” qissasini o‘zbek tiliga tarjima qildi. Yozuvchi Vadim Kojevnikovning «Peshin chog‘i 
kungay tomonda» degan romanini ham o‘zbek tiliga o‘girgan. Sa’dulla Karomatovga 
O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni berilgan. Adib 1986 yili 
Toshkentda vafot etdi. 
 
 
PIRIMQUL QODIROV (1928)
O’zbek nasrining yirik namoyandalaridan biri yozuvchi Pirimqul Qodirov 1928 yili Tojikiston 
respublikasining O’ratepa tumanidagi Kengko‘l qishlog’ida tavallud topdi 
Pirimqul Qodirovning urushdan keyingi xo‘jalikni izga solish yillarida jamoa xo’jaligidan 
boshlangan mehnat faoliyati yo’l qurilishi, So’ng Bekobod metallurgiya zavodida ishlash bilan 
davom etdi. 
1951 yili Toshkent Davlat dorilfununini tugatib, M. Gorkiy nomidagi jahon adabiyoti institutining 
aspiranturasiga kirdi. «Abdulla Qahhorning urushdan keyingi ijodi» mavzusida nomzodlik ilmiy 
ishini himoya qildi. 
1954—1963 yillar davomida Ittifoq Yozuvchilari uyushmasi qoshida o‘zbek adabiyoti bo‘yicha 
maslahatchi bo‘lib ishladi. 1963-1976 yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining Til va 
adabiyot institutining katta ilmiy xodimi vazifasini bajardi. 
Adib ijodining debochasi talabalik yillarida e’lon etilib, tolibi ilmlar hayotini, ularning ichki olamini 
badiiy bayon qilgan «Studentlar» hikoyasi 1950 yilda bosmadan chiqdi. Ketidan «Jon shirin», 
«Kayf», «Olov» hikoyalari, «Besh yilliklar farzapni», «Dadrim», «Erk», «Meros» qissalari, 
«Najot» afsona-qissasi, «Sarguzashtlar» «Yayra institutga kirmoqchi» nomli qissa va hikoya-iar 
to‘plami kitobxonlarga taqdim etildi. 
«Uch ildiz», «Olmos kamar» romanlarida adib ijodiy mahorati charxlanganligini ko‘rsatib, o‘zbek 
nasrini boyitdi. 
Oldin «Yulduzli tunlar» (Bobur), keyin «Avlodlar dovoni» romanlarn bilan Pirimqul Qodirov 
o‘zbek tarixiy romanini ustoz Oybekdan keyin yangi pog‘onaga ko‘tardi. 
G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida adibning uch jildlik tanlangan asarlari (I 


tom, 1977, “Olmos kamar” romani; II tom, 1978, «Qora ko‘zlar» romani, «Erk» qissasi; III tom, 
1979, «Uch ildiz» romani) nashr qilindi. Mazkur nashriyot adibning uch jildlik “Saylanma”sini 
ham bosdi: birinchi jild — «Uch ildiz» romani, «Qadrim» qissasi; ikkinchi jild — «Qora ko‘zlar» 
romani, «Meros» qissasi»; uchinchi jild— «Olmos kamar», «Yulduzli tunlar»dan iborat. 
Pirimqul Qodirov adabiy ijodning badiiy-ommabop uslubida ham qalam tebratmoqda. Uning ilk 
ocherki “Oilamiz” 1953 yili chop etildi, «Xalq tili va realistik proza», «Til va dil» nomli ilmiy-
ommabop ishiari adib-olim izlanishlari mahsulidir. 
Adib ssenariysi asosida zangori olov zahmatkashlari haqida «Sening izlaring» badiiy filmi 
qo‘yildi. «Vijdon» — viloyat sahnalarida ketmoqda. Uning asarlari mustaqil respublikalar, jahon 
xalqlari tillariga o‘girildi. 
Adib tarjimon sifatida L. Tolstoyning «Kazaklar»ini, K. Fedinning «Dastlabki quvonchlar»ini, P. 
Tolisaning «Iz»ini, X. Deryayevning «Taqdir»ini ona tilimizga o‘girdi. 
«Yulduzli tunlar» romani uchun Pirimqul Qodirov 1982 yili Hamza nomidagi Respublika Davlat 
mukofotiga sazovor bo‘ldi. U O’zbekiston xalq deputati, Respublika rayosatining millatlararo 
munosabatlar, til va baynalmilal tarbiya masalalari komissiyasi raisi, Xalq yozuvchisidir. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin