Tashqi ishlar vaziri bo‘lib xizmat qildi.
1969—1980 yillar mobaynida sobiq SSSRning Suriya va Pokistondagi elchisi, 1986— 1990
yillarda Tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishladi.
Yozuvchining adabiy-tanqidiy faoliyati 1948 yildan boshlangan. «O’zbek adabiyoti tarixini
buzishga qarshi», «SSSR xalqlari adabiyoti xrestomatiyasi to‘grisida», «Yosh o‘zbek
yozuvchilari ijodi haqida» kabi asarlari bilan ilmiy-nazariy masalalarni ilgari surdi. Sarvar Azimov
Hamid Olimjon ijodi bo‘yicha uzoq yillar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, 1953 yilda nomzodlik,
1972 yilda doktorlik dissertatsiyalarini ham qildi.
U o‘rta maktablar uchun o‘zbek adabiyoti darsliklari xrestomatiyalari va dasturlarini yaratishda
katta mehnat sarf qilgan.
Sarvar Azimov o‘zining sahna asarlari bilan sho‘ro davri o‘zbek dramaturgiyasi va teatri
taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shib keldi. «Qonli sarob» (1961), «Oppoq tong qo‘shig‘i» (1962),
«Yulduzlar jamoli» (1964) asarlari va adabiyotshunoslikka doir ilmiy-nazariy kitoblarni o‘zbek
adabiyotining munosib yutuqlarilandir. «Zamon» dramasi (1968) o‘zining g‘oyaviy-badiiy
puxtaligi bilan dramaturg ijodida alohida o'rin tutadi. Bu asarda kolonializm kishanlarini
parchalab tashlab, o‘z mustaqilligiga ega bo‘layotgan chet-el xalqlarining hayoti, ozodlik uchun
kurashi, milliy ozodlik uchun kurashinin Sharqqa keng yoyilib, ularning yurak-yuraklariga, aql
idroklariga kirib, singib borayotganligi ifodalanib berilgan.
Sarvar Azimov barcha dramatik asarlarida chuqur xalqchillik bilan davrning muhim
muammolarini ko‘tardi. Xorijiy mavzuda yozgan asarlari bilan o‘zbek dramaturgiyasiga dunyo
xalqlari taqdiri mavzusini olib kirdi.
Sarvar Azimov o‘zbek dramaturgiyasini yangi mavzu, yangi shakl, yangi obrazlar bilan boyitib
kelayotgan ijodkor.
Ijodkor bir qancha radioqissalar senariysi muallifi, kinoqissalar avtoridir. U O’zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan fan arbobi, O’zbekiston xalq yozuvchisi.
Dostları ilə paylaş: