SAIDA ZUNNUNOVA (1926-1977) Talantli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova 1926 yili Andijon shahrida
xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan Saida 1941-1943 yillar Andijon
o‘qituvchilar institutida tahsil oladi. U Andijon maktablarida muallima, gazeta muharririyatlarida
adabiy xodim bo‘lib ishlagan.
Birinchi she’ri 1935 yili «Paxta fronti» gazetasida bosilgan. Saida Zunnunovaning baxtli yoshlikni
tarannum etuvchi she’rlari matbuot safalarida tez-tez ko‘rinadi.
Adabiyotga muhabbat shoirani O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Toshkent Davlat
dorilfununi)ning filologiya fakultetiga yetakladi. O’qishni tamomlab, “Gulxan” oynomasida,
«O’zbekiston madaniyati» ro‘znomasi va Badiiy adabiyot nashriyotida ishlagan adiba
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi bo‘lib ham xizmat qiladi.
Baxtiyor yoshlik, ona-Vatan, erkin mehnatni tarannum etuvchi «Qizingiz yozdi» (1948), «Yangi
she’rlar» (1950), «Gullar vodiysi» (1954), «Qizlarjon», «Bir yil o‘ylari» (1967) she’riy to‘plamlari
kitobxonlarga taqdim etildi.
Saida Zunnupova nasrda ham sermahsul ijod etgan adibadir. Uning «Gulbahor» (1956)
hikoyalar to‘plami ishchilar hayoti, muhabbat, oila, eskilik qoldiqlarvga qarshi kurash mavzularini
aks ettirsa, «Gulxan» (1958) povestining asosiy qahramoni ayollar bo‘lib, ularning yigirmanchi
yillardagi kurashi o‘ziga xos badiiy bo‘yoqlarda ifodalangan. «Olov» (1962), «Odamlar orasida»,
«Ko‘chalar charog‘on» (1965), «Bo‘ylaringdan o‘rgilay» (1972), «Direktor» kabi asarlarining
qahramonlarp ham ayollardir.
Qo‘shqanotli ijodkor adib Said Ahmadning turmush hamrohi, sevimli rafiqasi edi. Ularning yolg‘iz
qizlari, undan birgiia nabiralari bor.
So‘zlarga xassoslik, siqiqlik, tabiiylik, yasama-sun’iy obrazlardan qochish Saida Zunnupova
hikoyalariga husndir.
Ona-Vatanga sadoqat, mehnat va baxt, muhabbatni haqgo‘ylik bilap kuylagan shoiraning lirik
she’rlari, jozibador qo‘shiqlari, nasriy asarlari adabiy xazinamizni boyitib kelmoqda.
Adiba asarlarini rus va boshqa qardosh xalqlar kitobxonlari o‘z ona tillarida sevib o‘qimoqdalar.
Hukumatimiz Saida Zunnunovaning adabiyotimiz taraqqiyotiga qo‘shgan salmoqli hissasini
taqdirlab, uni Hurmat belgisi ordeni bilan mukofotlagan.
Ijodkor ayni kamolot yoshida 1977 yil 51 yoshida og‘ir xastalikdan bevaqt vafot topdi. Uning
hassos nazmi, samimiy nasri o‘zbek kitobxonlarining ma’naviy mulkiga aplanib qoldi.