Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


اﻮُﻟﺎَﻗ ْن  َﻦﻴِﻗِدﺎﱠﺼﻟا َﻦِﻣ َﺖْﻨُآ ْنِإ ِﻪﱠﻠﻟا ِباَﺬَﻌِﺑ ﺎَﻨِﺘْﺋا



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 اﻮُﻟﺎَﻗ ْن
 َﻦﻴِﻗِدﺎﱠﺼﻟا َﻦِﻣ َﺖْﻨُآ ْنِإ ِﻪﱠﻠﻟا ِباَﺬَﻌِﺑ ﺎَﻨِﺘْﺋا
)
٢٩
(
 َﻦﻳِﺪِﺴْﻔُﻤْﻟا ِمْﻮَﻘْﻟا ﻰَﻠَﻋ ﻲِﻧْﺮُﺼْﻧا ِّبَر َلﺎَﻗ
)
٣٠
(
 
«Lut o‘z qavmiga: «Albatta, sizlar shunday fahsh ishni qilmoqdasizlarki, sizlardan oldin olamlardan 
hech kim bu ishni qilmagan edi. Haqiqatan ham sizlar xotinlaringizni qo‘yib, erkaklarga borasizmi
qaroqchilik qilasizmi; majlisgohlaringizda yomon ishlar qilasizmi?!» - deganini eslang. Bas, Lut 
qavmining javobi faqat: «Agar sen rostgo‘y kishilardan bo‘lsang, bizlarga Allohning azobini keltir» - 
deyishlari bo‘ldi. Shunda Lut aytdi: «Ey, Robbim, bu buzg‘unchilar qavmi ustidan O’zing meni g‘olib 
qil!».(Ankabut, 28-29.)
 
Alloh taolo bu munkir, fohish qavmni jazolash uchun o‘z farishtalarini yubordi. Farishtalar avval Ibrohim 
(a.s.)ning ziyoratlariga kirdilar va Lut (a.s.)ning qavmlari Alloh tarafidan halokatga mahkum etilganlari xabarini 
berdilar.  
 اﻮُﻧﺎَآ ﺎَﻬَﻠْهَأ ﱠنِإ ِﺔَﻳْﺮَﻘْﻟا ِﻩِﺬَه ِﻞْهَأ ﻮُﻜِﻠْﻬُﻣ ﺎﱠﻧِإ اﻮُﻟﺎَﻗ ىَﺮْﺸُﺒْﻟﺎِﺑ َﻢﻴِهاَﺮْﺑِإ ﺎَﻨُﻠُﺳُر ْتَءﺎَﺟ ﺎﱠﻤَﻟَو
ِﻟﺎَﻇ
 َﻦﻴِﻤ
)
٣١
(
 ُﻪَﺗَأَﺮْﻣا ﻻِإ ُﻪَﻠْهَأَو ُﻪﱠﻨَﻴِّﺠَﻨُﻨَﻟ ﺎَﻬﻴِﻓ ْﻦَﻤِﺑ ُﻢَﻠْﻋَأ ُﻦْﺤَﻧ اﻮُﻟﺎَﻗ ﺎًﻃﻮُﻟ ﺎَﻬﻴِﻓ ﱠنِإ َلﺎَﻗ
 َﻦﻳِﺮِﺑﺎَﻐْﻟا َﻦِﻣ ْﺖَﻧﺎَآ
)
٣٢
(
 
«Qachonki, elchilarimiz (farishtalar) Ibrohimga farzand ko‘rishi haqida xushxabarni keltirgach
aytdilar: «Albatta, bizlar mana shu qishloq ahlini halok qiluvchidirmiz. Chunki, uning aholisi 
zolimdirlar! Ibrohim: «Axir, u yerda Lut bor-ku?» - dedi. Ular aytdilar: «Bizlar u joyda kim borligini 
biluvchiroqdirmiz. Albatta, bizlar uni va ahlini qutqarurmiz. Illo, uning xotini qoluvchi (halok 
bo‘luvchi)lardandir».(Ankabut, 31-32.)
  
Keyin ular Saddum tomonga ketdilar va shaharga kirishda bir qizni uchratdilar. Farishtalar o‘zlarining 
musofir ekanliklarini aytib, ertalabgacha uyidan joy berishini so‘radilar. Qiz esa otasidan ruxsat so‘rashini aytdi 
va uyiga chopib ketdi. Uning otasi Lut (a.s.) edilar. 
O’z qavmlarining yomon fe’lidan xabardor bo‘lgan Lut (a.s.) uchun uylariga musofir kishilarni qo‘yish juda 
mushkil ish edi. Chunki, begona erkak mehmon bo‘lgan xonadonga fosiq qavm bostirib kirishar va 
bachchavozlikka majbur qilishar edi. Asli tabiatida musofirga rahm-shafqat va mehmonnavozlik bo‘lgan Lut 
(a.s.) tavakkal qilib, farishtalarni uyga taklif etdilar. Shu ondayoq qaerdandir xabar topgan qavm Lut (a.s.)ning 
uylariga kelishib, «yigit» qiyofasidagi farishtalarni talab qila boshladilar. Lut (a.s.) ularga ko‘p nasihat qildilar, 
nihoyat o‘z qizlarini olib chiqib: 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin