Kimki ko'rlik qilsa, o'ziga (yomon)dir. Men ustilaringizda qo'riqchi emasman. 105. Sizga (oldingi ilohiy kitoblardan) dars olib o'rgangandirsan, deyishlari uchun va biluvchi qavmga bayon qilib berishimiz uchun (bu) oyatlarni mana shunday tasarruf qilmoqdamiz. 106. Rabbingizdan Sizga vahiy etilgan narsa (oyat)larga ergashing. Undan o'zga iloh yo'q. Mushriklardan (esa) chetlaning! 107. Agar Alloh istasa, (ular) shirk keltirmagan bo'lur edilar. Sizni esa ular ustidan qo'riqchi qilib qo'yganimiz yo'q. Siz ularga muakkal (biriktirilgan) ham emassiz. 108. Allohdan o'zgaga sig'inadiganlar (butlari)ni so'kmangiz! Aks holda, ular haddan oshib, bilmasdan Allohni so'kib yuboradilar. Shunga o'xshab har bir ummat ishini o'ziga chiroyli ko'rsatib qo'ydik. So'ngra qaytar joylari Parvardigorlari huzurigadir. Ana o'shanda ularga qilgan ishlarining xabarini berur. 109. Agar ularga oyat kelsa, albatta, imon keltirishlari haqida jiddu jahd bilan Allohga qasam ichadilar. "Oyatlar Allohning huzuridadir", - deb ayting! Qaydan ham bilursizlar, (oyatlar) kelganda ham, balki imon keltirmaslar. 110. Birinchi marta unga imon keltirmaganlaridek, dillari va ko'zlarini teskari qilib qo'yamiz va o'z tug'yonlarida gangib yurgan hollarida ularni tark eturmiz. SAKKIZINCHI JUZ’ ************************* 111. Mabodo, Biz ularga farishtalarni tushirsak va o'liklar (tirilib) ularga gapirsa hamda hamma narsani kafil sifatida ularga (ularning muqobiliga) jam qilganimizda ham Alloh xohlaganidan boshqalari imon keltirmagan bo'lar edilar. Lekin, ularning aksariyati (buni) bilmaydilar. 112. Shuningdek, har bir payg'ambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qo'ydik. Ular aldash