Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


qilganidan keyin ularning qo'llarini sizlardan, sizlarning qo'llaringizni ulardan to'sgan (sulh qildirgan)



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə596/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   592   593   594   595   596   597   598   599   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

qilganidan keyin ularning qo'llarini sizlardan, sizlarning qo'llaringizni ulardan to'sgan (sulh qildirgan) 
zotdir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.
 
25. Ular (Makka mushriklari) kofir bo'lgan va sizlarni Masjidul-Haromdan, qurbonlikni esa mahbus 
holida, o'z joyiga yetishdan to'sgan kimsalardir. Agar (Makkada) sizlar bilmagan mo'min kishilar va 
mo'mina ayollar bo'lmasa edi - sizlar ularni bilmagan holingizda (mushrik deb o'ylab) oyoqosti qilib 
qo'yib, ular sababli sizlarga or yetmasa edi, (Alloh sizlarni Makkaga yurishdan qaytarmagan bo'lur edi). 
Alloh O'zi xohlagan kishilarni O'z rahmatiga doxil qilish uchun (shunday qildi). Agar (mo''minlar) 
ajralib olganlarida, albatta, ulardan (Makka ahlidan) kofir bo'lganlarini alamli azob bilan azoblagan 
bo'lur edik.
 
26. O'shanda kofir bo'lgan kimsalar dillariga g'urur - johiliyat g'ururini solganlarida Alloh O'z 
payg'ambarining va mo''minlarning ustiga xotirjamligini tushirdi va ularga taqvo kalimasini (ya'ni, "Lo 
iloha illalloh"ni) lozim qildi. Ular o'sha (kalima)ga juda haqli va ahl edilar. Alloh barcha narsani 
biluvchi zotdir.
 
27. Qasamki, Alloh O'z Payg'ambariga (u ko'rgan) tushni ro'yobga chiqardi, albatta, sizlar (ey, 
mo'minlar), inshoalloh, Masjidul-Haromga emin-erkin, boshlaringizni (sochlaringizni) qirdirgan va 
(yoki) qisqartirgan hollaringizda qo'rqmasdan kirursizlar. Bas, (Alloh) sizlar bilmagan narsani bilib, 
undan (Makka fathidan) oldin yaqin bir g'alabani (Xaybar g'alabasiga ega) qildi.
Izoh: Payg'ambar (a. s.) Hudaybiya sulhidan oldin tushlarida sahobalar bilan Makkaga tinch holatda kirib, 
Ka'bani ziyorat qilganlar va ularning ba'zilari sochlarini qirdirgan, ba'zilari esa sochini qisqartirgan. Lekin 
o'sha yili Makkaga kiraolmaganlar, balki Hudaybiya bilan sulh tuzilgan. Makka fathidan oldin yana bir 
g'alabani va'da qilinishiga binoan, bu fath Xaybar fathi, navbatdagisi esa Makka fathi ekanligi ma'lum bo'ladi.  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   592   593   594   595   596   597   598   599   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin