142-bob. Jamralarda tosh otib bo‘lgach, xushbo‘y narsalardan foydalanmoq va tavofi ifozadan keyin soch oldirmoq haqida O’z zamonasining nufuzli kishilaridan bo‘lgan Abdurrahmon ibn Qosimning otalari:
«Oisha onamizning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, ehrom bog‘lashlaridan
oldin ham, ehromlarini yechganlaridan keyin ham, mana shu qo‘llarim birlan xushbo‘y
narsalar surtib qo‘yar erdim, deb aytganlarini eshitganman»,-deydilar.
143-bob. Tavofi vido’ (vidolashuv tavofi) haqida Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Odamlarga eng oxiri Ka’bani tavof aylamoq amr ztildi.
Lekin, hayz ko‘rgan ayollar bundan istisno qilindi»,- dedilar.
Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minoda tosh otib
qaytganlaridan so‘ng, peshin, asr, shom va xufton o‘qidilar, keyin Muhassabda uxladilar,
so‘ngra tuyaga minib Ka’bani tavof qildilar»,- deydilar.
144-bob. Ayol Tavofi ifoza qilgandan keyin hayz qo‘rib qolsa... Oisha raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zaifalari
Safiyya hayz ko‘rib qoldi, buni Janob Rasulullohga ma’lum qilgan erdim, ul kishi: «Bizni
yo‘ldan qoldirg‘aydirmi, derman»,- dedilar. Shunda odamlar: «Safiyya Tavofi ifoza qilib
ulgurgan erdi»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, hechqisi yo‘qdir»,- dedilar».
Ikrima rivoyat qiladirlar: «Madina ahli (Makkada) Ibn Abbos raziyallohu anhudan: «Agar
ayol Tavofi ifoza qilib bo‘lgandan keyin hayz ko‘rib qolsa, ne bo‘lg‘aydir?» - deb
so‘rashdi. Ibn Abbos: «U holda ayol Tavofi vido’ (vidolashuv tavofi) qilmasdan qaytib
ketaverg‘aydir»,- dedilar. Madina ahli: «Biz Zayd ibn Sobitning so‘ziga ishong‘aymiz,
sizning so‘zingizga ishonmasmiz»,- deyishdi. Shunda Ibn Abbos: «Undoq bo‘lsa,
Madinaga borib so‘rangiz»,- dedilar. Madinaliklar (Makkadan) Madinaga qarab yo‘l
olishdi, Madinaga kelishgach, mazkur masala xususida so‘rashgan erdi, Ummu Sulaym
Safiyya voqeasini hikoya qilib berdilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Tavofi ifoza qilgan ayolga,'agar uhayz ko‘rib qolsa, Tavofi
vido’ qilmasdan qaytib ketmakka ijozat berildi»,- deydilar.
Tovus raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Ibn Umarning «Hayz ko‘rgan ayol Tavofi
vido’ qilmasdan ketmag‘aydir» - deganlarini eshitgandim, keyinchalik o‘sha kishining
o‘zlarining «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hayz ko‘rgan ayolni Tavofi vido’ qilmakdan
ozod qilganlar» - deb yurganlarini ko‘rdim».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Haj qilmoq niyatida Nabiy sallallohu alayhi va