Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
200
payg‘ambarligimga iqror qilguncha qon to‘karsan. «La ilaha illallohu Muhammadur 
rasululloh» kalimasini og‘zaki bo‘lsa ham aytar ekanlar, bizdan mol-jonlarini qutqara 
oladi. Tilida bo‘lsa ham shu so‘zni aytgan kishining mol-joniga omonlik bergaymiz. Biz 
ularning zohiriga boqqaymiz. Botinlarini Tangriga topishtirgaymiz. Agar shu kalimani 
aytib iqror bo‘lsalar, Alloh buyurgan diniy huquqni ularga bildir. Namoz, ro‘za, zakot, 
farz, vojib amallarini o‘rgatgil. Xudo haqqi, agar bir kishini haq yo‘liga keltursang, bir 
qabila xalqining qizil tuyalarini Xudo uchun sadaqa qilgandin aning savobi ortiqroqdur. 
O‘ng yog‘ingda Jabroil, qo‘lida qilich, sening uchun yordamga kelmishdir. Ey Ali, sen 
Arab xalqining sayidi, men odam naslining sayididurman, — dedilar. 
So‘ngra Rasululloh o‘z bellariga bog‘langan zulfiqorni, egnilariga kiygan temir sovutni 
berib: 
— Bor endi, Alloh yordamingda bo‘lsin, Xaybar shahri sening qo‘lingda fath bo‘lsun, — 
deb hujumga buyurdilar. 
So‘ngra Hazrati Ali, karramallohu vajha, askar oldiga tushib o‘ng qo‘lida zulfiqor, so‘l 
qo‘lida tug‘ tutib, butun askar barobar «Allohu akbar» sadosi bilan ko‘kka yetgudek 
qichqirib yugurdilar. Hazrat Ali hammaning oldida qal’a tagiga yetib Islom tug‘ini 
o‘rnatdi. Barcha askar barobar qal’a atrofini o‘rab oldilar. Qal’a boshlig‘i ersa, yahud 
askarining qo‘mondoni Marhabning bir tug‘ishgan ukasi Xoris nomlik kishi bo‘lib, bu esa 
yahudlar ichida o‘shal davrning atoqlik bahodirlaridan edi. 
Yasog‘lik turgan askarlar bilan musulmonlar ustiga otilib, bir qattiq hujum qildi. Bu 
hujumda esa musulmonlarning saflarini buzib, ularni orqaga chekintirdi. 
Ammo Hazrati Ali tug‘ tuganicha o‘z o‘rnidan bir qadam ham orqaga qaytmadi. Tog‘dek 
turish qilib, u joydin qo‘zg‘almadi. Muni ko‘rib askarboshi Horis o‘qdek otilganicha kelib 
Hazrati Ali boshiga qilich solgan edi, qalqon tutib uning zarbini qaytardilar. Navbat 
Hazrati Aliga kelgach, shundog‘ urdilarkim, qilich zarbi bo‘yin sovutini kesib, boshini 
uchirib yerga tushirdi. Yahudlar Hazrati Alidan bu dahshatni ko‘rgach, chidayolmay 
qochishib qo‘rg‘onga kirdilar. Bosh qo‘mondon Marhab yuqorida qarab turgan edi. Ukasi 
o‘ldirilganini ko‘rib, bo‘kirganicha qo‘rg‘ondan tushdi. Bu esa o‘shal zamonning eng 
kuchlik yaroqlari bilan qurollanmish edi. Ustiga kiygan sovuti, boshig‘a qo‘ygan 
dubulg‘asi, shunga o‘xshash urush kiyimlarini qavatlab kiyib olgan edi. G‘azab bilan 
o‘qdek kelib, Hazrati Aliga bir qilich urdi. Muning zarbidan qo‘llaridagi qalqon ikki bo‘linib 
yerga tushdi. 
Urushda qalqonsiz turish mumkin bo‘lmaganlikdan Xaybar shahrining qopqasiga qo‘l 
urib, qudrat bilagining yordami bilan darvozani yulib oldilar. Uni qalqon o‘rniga ushlab 
yana hujumga kirdi, bu qal’a butun fath bo‘lg‘unchalik shu qopqa aning qo‘lida edi. 
Hazrat Ali bilan urush maydonida Marhab yana yo‘liqishdilar. Bu galda ersa zulfiqorni 
havola qilib, andoq urdilarkim, qavatlangan qalqon dubulg‘alardan o‘tib boshini yorib, 
bo‘yin bo‘g‘iniga yetdi. Muni ko‘rib butun Islom askari takbir aytdilar. Raislari o‘ldirilib, 
tug‘lari yiqilgach, yahudlar qochib, qilichdan qutulganlari bu qal’ani tashlab, ikkinchi 
qal’aga kirib qamaldilar. 
Shu bilan bu qal’a Rasululloh aytganlaridek Hazrati Ali qo‘lida fath bo‘ldi. Darvoza 
tashlangandan so‘ngra, uni o‘rnidan qirq kishi qimirlata olmadilar, yetmish kishi degan 
ham rivoyat bordur. Qandoq bo‘lsa ham shunday ishlar Rasulullohning mo’jizalaridur. 
Xaybar qal’alarining birinchi olingan kunlarida esa askar ichida ocharchilik bor edi. Aslam 
qabilasi shu uchun Asmo ibn Horis degan kishini vakil qilib Rasulullohga yubordilar. Vakil 
kelgach: «YO Rasulalloh, ochlikdan biz qattiq qiynaldik, muning chorasini sizdin so‘rash 
uchun meni yubordilar», dedi. 
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xudoyo, bandalarning holini o‘zing yaxshi 
bilursan. Sening yo‘lingda jihod qilmoqqa ochlikdan kuchlari yo‘qdur. Ey bor Xudoyo, bu 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin