Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
o‘q-yoyi yelkada, qalqoni qo‘lida, so‘qish safarida turgan kishidek bo‘lib, ochiq-oydin 
uydin chiqdi. Ka’ba oldida o‘tirgan Quraysh raislarini bosib o‘tib, Baytullohni yetti aylanib 
tavof qildi. Ikki rakat tavof namozini Maqomi Ibrohimda o‘tadi. So‘ngra u yerda 
o‘ltirmish Quraysh raislariga qarab: 
— Alloh sizning ko‘kka ko‘tarilgan burunlaringizni yerga yetkazib, tuproqqa ishqasun. 
Sizlardin har kim: «Ota-onam motamimni tutsin, xotunim tul qolsin, bolalarim yetim 
bo‘lsun», der ersa, man bilan shu tog‘ning u yonida to‘qnashsun, deb ularning ko‘zlari 
oldida yo‘lga chiqdilar. Shuncha o‘tirgan mushriklardin bu so‘zga qarshi birovi ham churq 
eta olmadi. Boshqalarga bo‘lsa, ortidan izlovchilar, keyinidan quvlovchilar ko‘p chiqar 
edi. Bu kishiga ersa, alardin hech kim yaqin yo‘lay olmadi. Shundoq qilib, Hazrati 
Umarga hijrat qilib chiqqan kishilardin kelib qo‘shilguvchilar ko‘payib, yigirma chog‘liq 
tuya mingan muhojirlar bo‘lib, Madinaga kirdilar. Dunyo turmushlari uchun uy, ovqatlari, 
oxirat saodatlari uchun din erkinligi Islom orqadoshlari tomonidan bularga hozirlanmish 
edi. Mana shu kunlardin boshlab, atrofdin keluvchi musofir sahobalarni muhojirlar deb, 
bularni kutib olg‘uvchi madinalik sahobalarni «ansor» deb atadilar. Ansor — 
yordamchilar, muhojiriyn — hijrat etguvchilar degani bo‘lur. Payg‘ambarimiz boshliq 
Makkaada qolgan musulmonlar shular edi: Abu Bakr Siddiq, Hazrati Ali, Suhayb, Zayd 
ibn Horisa, yana bulardin boshqa hijratga qudrati kelmagan bir necha ojiz kishilar ham 
bor edi. Bular ichida hazrati Suhayb hijrat qilmoqchi bo‘lib chiqqan vaqtida Quraysh 
mushriklaridin bir necha kishilarga xabar yetib, kelishib qoldi. So‘ngra ular Suhaybga: 
«Sen o‘z elingdin bizga kelganingda chog‘ay (kambag‘al) eding, boy bo‘lib, moling 
ko‘paydi. Boshing qullikka boylanmish edi, xo‘ja bo‘lib obro‘ying oshdi, endi bizga qarshi 
chiqqaning ustiga, muncha ko‘p mol bilan dushmanlarimiz yeriga ketmoqchi emishsan», 
dedilar. Anda Suhayb: «Men bo‘lsam yoshim ulug‘, qari kishi erurman, men bu yerda 
qolur bo‘lsam, sizlarga hech foydam tegmaydi. Agar ul yoqqa borib qolsam, yana 
sizlarga ziyonim yo‘qdur. O‘zimdin ko‘ra sizlarga molim foydaliroqdur, tamom molimni 
olinglar, o‘zimni yo‘limga qo‘yinglar», dedi. Alar ham bu ishga rozi bo‘ldilar, molini olib, 
o‘zini qo‘yib yubordilar. Bu voqeadin so‘ngra Madinaga borib, Payg‘ambarimiz bilan 
birinchi ko‘rishganida: 
— Ey Suhayb, «Rabihal bay’u, rabihal bay’u», deb uch qayta aytdilar. Bu «Savdong 
foydalikdur, savdong foydalikdur», degan bo‘lur. Anda Suhayb: «Aniq bilurman va daxi 
(va yana) taniqliq berurman, siz Allohning payg‘ambaridursiz, bu ishni Allohdin o‘zga 
hech kim bilmagan edi, Jabroil alayhissalom vahiy bilan sizga bildirmishdur», dedi. 
Haqiqatda esa kelish oldida voqeasini bayon qilib, Payg‘ambarimizga shu oyat kelmush 
edi: «Va minannasi man yashriy nafsahubtig‘oa marzotilloh», ya’ni: «Mo‘minlardin 
shundoq kishilar bordurkim, Alloh roziligini topmoq uchun o‘zlarini sotib olurlar». Bu 
voqea Rasulullohga shu oyat orqalik bildirilgan edi. Makkada sahobalardin uch-to‘rt 
kishidin boshqa ko‘zga ko‘rinarlik hech kim qolmadi. Hammalari Madinaga hijrat qilib 
ketdilar. Buni ko‘rib xazrati Abu Bakr ham hijrat qilmoqqa Payg‘ambarimizdan izn so‘rab 
keldi. Anda Rasululloh aytdilar: 
— Men ham Alloh taolodin hijrat uchun izn kutmoqdaman, qachon izn olur bo‘lsam, 
menga yo‘ldoshlik qilgaysiz, — dedilar. Buni onglab, Abu Bakr Siddiq suyunganidin: 
— Ota-onam sizga fido bo‘lsin, bu ish qachon bo‘lg‘ay,— degan edi, «yaqinda bo‘lur», 
deb bashorat berdilar. Hazrati Abu Bakr bu so‘zni eshitgandin keyin sakkiz yuz tangaga 
safarga yarog‘lik ikki tuya sotib olib, boqib turdi. Mana shu yili bo‘lsa, payg‘ambarlik 
davrining o‘n uchinchi yili edi. O‘tgan yillarda Madina ahlidin yetmish necha kishining 
bay’at berishi, bular orqaliq Avs, Xazraj kabi jangovar qabilalar ichida islomiyatning 
rivojlanishi, buning ustiga hamma atrofdin kelgan fidoiy muhojirlarning Madina shahriga 
yig‘ilishi, tarbiyat topgan ekindek, Hijoz tuprog‘ida kundan kunga islomiyatning o‘sib 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin