Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
qarab Payg‘ambarimiz boshliq barcha mo’minlarga Xudo tarafidin shundoq buyrulgan 
edi. Lekin alarning zulm-taaddiylari chekidan tashqari chiqqanlikdin, mo’minlarning qaysi 
birlari qochishga majbur bo‘ldilar. Qay birlari esa ortiq azobga chidolmay, dillariga 
qo‘rqinch tushdi. Iymoni kuchli kishilardin bir qanchalari azob ostida yotib, shahid 
bo‘ldilar. Va bir qanchalari Rasululloh oldiga kelib, boshqa bir joyga hijrat qilmoqqa 
ruxsat so‘radilar. Rasululloh esa bu to‘g‘rida Allohning amrini kutganlikdin alarga ochiq 
javob bermadilar. Ish mana shu qiyinchilik holga yetgandin so‘ngra bir kuni Rasululloh 
suyungan holda uylaridin chiqib kelib: 
— Alloh taolo menga bu joydin hijrat qilib ketmakka ruxsat qildi, mo’minlardin qudrati 
yetgan kishi bo‘lsa, Madinaga hijrat qilsun. Alloh taolo u joyda sizlarga tushgudek 
o‘rinlar, kutib olgudek yoru do‘stlar tayyorlamushdur, — dedilar. 
Bu so‘z chiqqandin keyin sahobalar ichida hijrat masalasi qo‘zg‘oldi. Bu ishga yashirin 
ravishda hozirlik ko‘rishga kirishdilar. Bu safargi hijratga eng avval qadam qo‘ygan kishi 
— sahobalardin Abu Salama edi. Bu zot bo‘lsa, xotunlari Ummu Salama birligida ilgari 
ham Habashistonga hijrat qilgan edi. Hammadin ilgari safar yarog‘ini qilib, bu kishi 
tayyor bo‘ldi. Ummu Salamani quchog‘idagi ikki-uch yoshlik bolasi bilan tuyaga mindirib, 
yetaklagan holda yo‘lga tushdi. Shu orada xotunning jamoatidin bir necha kishilar 
oldidan chiqib qolib: «Ey Abu Salama, sen bizning qarindoshimizni qaysi elga eltursan, 
o‘z urug‘-aymog‘idin ajratib, yot yerga ketmakka qo‘ymaymiz», deyishib, tuya 
burundug‘ini aning qo‘lidan tortib oldilar. Buning ustiga er tomondin bir necha kishilar 
kelib qoldi. Arablar odatlaricha o‘zaro nomus talashib: «Xotunni siz olur bo‘lsangiz, 
bolasi bizda qolur», degan so‘z bilan bolani alarga bermadilar. Shunday bo‘lib, xotunni 
qarindoshlari oldi, bolasi ota jamoatiga qoldi. Abu Salama bo‘lsa, din yo‘lida xotun-
boladin kechib, yo‘lga tushdi. Bu ko‘rgan kulfat-mashaqqatlari, u zotning haq yo‘lida 
qilgan irodasiga hech qandog‘ zarba yetkaza olmadi. Ikki orada bechora xotunga bek 
qiyinchilik tug‘ilib, ham eridin, ham quchog‘idagi bolasidin ajradi. Bechora xotun 
bularning firoqida har kuni ertalab uyidin chiqib, Madina yo‘li ustida, Abtah degan joyga 
kelib, kechgacha shunda yig‘lab o‘tirur edi. Bir kuni o‘z qabila raislaridin birovi bu joydin 
o‘tayotganida, uning yig‘lab o‘tirganini ko‘rib, ko‘ngli og‘ridi. Boshqalarga qarab 
aytdikim: 
— Bu na yaxshilikdur, ul bechora eridin ham, bolasidin ham ajrab, ko‘cha bo‘yida yig‘lab 
o‘tirur. Uni qo‘ya beringlar, tilagan tomoniga borsin, yo‘q ersa, el ichida bizga nomus 
keltirur, — dedi. 
Bu bahona bilan aning yo‘li ochildi, bolasini ham o‘ziga qaytarib berdilar, qafasdin 
qutulgan qushdek, hech narsaga qaramasdin tuyasiga minib, bolasini quchog‘iga olib 
yolg‘iz xotun yo‘lga tushdi. Besh-olti chaqirimcha yurib, Tana’im degan joyga yetganida, 
Usmon ibn Talha degan kishi oldidin chiqdi. Bu kishi ersa, Quraysh raislarining birisi 
bo‘lib, «Baytulloh ochqichi»ning egasi edi. Ummu Salamaning yo‘ldoshsiz safarga 
chiqqanini ko‘rdi, «bolasini o‘ngargan yolg‘uz xotunni ko‘ra turib, o‘tib ketsam, men 
uchun er kishilik bo‘lmagay», deb tuya burundug‘ini tutib yetaklagancha Madinaga 
yetkazib qaytdi. 
Makka — Madina oralig‘i karvon yurishi ila o‘n ikki kunlik yo‘l edi. Shu chog‘da bu kishi 
mushriklik holda turgan bo‘lsa ham, bu safar o‘tguncha qandog‘ olijanoblik ila yo‘ldoshlik 
qilganini onamiz Ummu Salamaning aytishlaricha, mashhur hadis kitoblarida 
yozilmishdur. Buning so‘ngida Makkada mushriklardin siqilgan mo’minlar sekin-sekin 
hijrat qilgani turdilar. Beshlab-o‘nlab, yo‘lda topishgan bo‘lsalar ham uylaridin 
chiqishlarida kechalab, bir-birlab yashirin holda chiqar edilar. Bu muhojirlardin hech bir 
kishi ochiq-ko‘rnov chiqishga jur’at qila olmadi. Yolg‘iz Hazrati Umar chiqar vaqtda shu 
zamonda qo‘llanurlik qurol-yarog‘larini taqindi. Qilich osingan, beliga hanjar taqilgan, 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin